AQShning Toshkentdagi elchixonasi O’zbekistondagi bakalavriatning 1-3-kurs talabalari uchun Toshkentdagi Amerika Markazi – ACTda Xalq diplomatiyasi (Public Diplomacy) bo‘limida amaliyot o’tash imkoniyatini taqdim etadi.
Qabul qilingan ishtirokchilar 6 oydan 1 yilgacha muddatda ushbu xalqaaro tashkilotda amaliyot o’tashlari hamda o’zlarining bilim va tajribasini oshirishlari mumkin. Hozirda 2 nafar talaba uchun amaliyot qilish o’rni mavjud.
Amaliyot dushanbadan jumagacha haftasiga 20 soatdan davom etadi.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh bo’lgan 1-3-kurs bakalavriat talabalari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Qabul qilingan talabalar xalqaro tashkilotda foydali ish tajribasiga ega bo‘ladi.
- Turli dasturlash tadbirlarida faol ishtirok etish orqali o’zlarining ingliz tili ko’nikmalarini oshirishlari hamda loyihalarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.
Talablar:
Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturda hozirda O’zbekistonda istiqomat qilayotgan 18 yoshdan katta O’zbekiston fuqarolari ishtirok eta oladi.
- Nomzod oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagan va hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birida bakalavratning 1-3-kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Ingliz, rus va/yoki oʻzbek tillarini yetarlicha bilishi lozim.
- Yuqori akademik ko’rsatkichga ega boʻlishi va dastur yakunidan soʻng universitetidagi oʻqishni davom ettirishi shart.
- Kompyuter va internetdan foydalanish, qolaversa, xodimlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlar BU YERDAGI ariza shaklini yuklab olib, to’ldirishlari va kerakli hujjatlar bilan birga 2023-yil 17-avgustga qadar “FNSIP 2023/02 – “ACT Internship Program” mavzusi ostida TashkentRecruitment@state.gov manziliga yuborishlari kerak.
Kerakli hujjatlar:
- To’ldirilgan ariza shakli.
- Pasport nusxasi.
- Hozirda oliygohda talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat
- Tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy)
MUHIM: faqatgina saralangan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi hamda intervyuga taklif etiladi.
ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing (Position Title).
Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: +99878 120 54 50 – Elchixona kadrlar bo’limi