×

Foreign National Student Internship Program: talabalar uchun Toshkentdagi Amerika markazida amaliyot o’tash imkoniyati


Grant

MUHLAT

17.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2727 marta

AQShning Toshkentdagi elchixonasi O’zbekistondagi bakalavriatning 1-3-kurs talabalari uchun Toshkentdagi Amerika Markazi – ACTda Xalq diplomatiyasi (Public Diplomacy) bo‘limida amaliyot o’tash imkoniyatini taqdim etadi.

Qabul qilingan ishtirokchilar 6 oydan 1 yilgacha muddatda ushbu xalqaaro tashkilotda amaliyot o’tashlari hamda o’zlarining bilim va tajribasini oshirishlari mumkin. Hozirda 2 nafar talaba uchun amaliyot qilish o’rni mavjud.

Amaliyot dushanbadan jumagacha haftasiga 20 soatdan davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Kamida 18 yosh bo’lgan 1-3-kurs bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Qabul qilingan talabalar xalqaro tashkilotda foydali ish tajribasiga ega bo‘ladi.
  • Turli dasturlash tadbirlarida faol ishtirok etish orqali o’zlarining ingliz tili ko’nikmalarini oshirishlari hamda loyihalarni boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Dasturda hozirda O’zbekistonda istiqomat qilayotgan 18 yoshdan katta O’zbekiston fuqarolari ishtirok eta oladi.
  • Nomzod oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagan va hozirda Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birida bakalavratning 1-3-kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Ingliz, rus va/yoki oʻzbek tillarini yetarlicha bilishi lozim.
  • Yuqori  akademik ko’rsatkichga ega boʻlishi va dastur yakunidan soʻng universitetidagi oʻqishni davom ettirishi shart.
  • Kompyuter va internetdan foydalanish, qolaversa, xodimlar bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashmoqchi bo’lgan nomzodlar BU YERDAGI ariza shaklini yuklab olib, to’ldirishlari va kerakli hujjatlar bilan birga 2023-yil 17-avgustga qadar “FNSIP 2023/02 – “ACT Internship Program” mavzusi ostida TashkentRecruitment@state.gov manziliga yuborishlari kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • To’ldirilgan ariza shakli.
  • Pasport nusxasi.
  • Hozirda oliygohda talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat
  • Tavsiyanoma va sertifikatlar (ixtiyoriy)

MUHIM: faqatgina saralangan nomzodlar bilan aloqaga chiqiladi hamda intervyuga taklif etiladi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing (Position Title).

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: +99878 120 54 50 – Elchixona kadrlar bo’limi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!