×

Forschungsstipendien-Kurzstipendien dasturi: Germaniyada 6 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1477 marta

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yosh olim, doktorant va tadqiqotchilardan Forschungsstipendien-Kurzstipendien grant dasturiga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qildi. Stipendiya yosh olimlarga Germaniyadagi davlat OTMlari yoki akkreditatsiyadan o‘tgan oliygohlarda yoki boshqa tadqiqot muassasalarida 1-6 oy davomida tadqiqot ishlarini olib borish va malaka oshirish imkonini taqdim etadi.

Grant kimlar uchun?

Yosh olim, doktorant va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur davomida tadqiqotchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:

  • 861 yevrodan 1200 yevrogacha oylik stipendiya beriladi.
  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
  • Bir martalik ko‘mak puli ajratiladi.

Batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Yuqori malakali tadqiqotchilar, doktorantlar va yosh olimlar ariza berishi mumkin.
  2. Ilmiy-tadqiqot loyihasining ilmiy rahbar bilan kelishilgan batafsil va aniq bayoni, shuningdek avvalgi tadqiqot ishlari roʻyxati ishlab chiqilishi kerak.
  3. Loyihaga rahbarlikka nemis professorining tasdigʻi/roziligi olinishi kerak.
  4. Tadqiqot uchun ish oʻrni taqdim etilishi haqida Germaniya oliygohining tasdigʻi boʻlishi kerak.
  5. Nemis yoki ingliz tilidan yaxshi bilish lozim (tadqiqotning ishchi tiliga bogʻliq).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha www.funding-guide.de portali orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  1. Online-ariza www.funding-guide.de portali orqali toʻldiriladi. Roʻyxatdan oʻtilgandan soʻng shaxsiy kod va parol olinishi bilan ariza anketasini toʻldirish kerak, keyin quyidagi hujjatlarni portalga yuklanadi.
  2. Xronologik uzluksiz koʻrinishga ega tarjimai hol, rasm yopishtirilgan, sana va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak.
  3. Ilmiy maqolalar roʻyxati.
  4. Ilmiy-tadqiqot loyihasining ilmiy rahbar bilan kelishilgan batafsil va aniq bayoni. Shuningdek albatta mavzu boʻyicha ilmiy ishning Germaniyada olib borilishi zaruriyatini asoslab berish kerak.
  5. Germaniya oliygohi bilan kelishilgan kalendar ish reja.
  6. Nemis professorining rasmiy yozma taklifnomasi (ishchi va kalendar rejalar bilan mos ravishda), unda tadqiqotchining aniq ilmiy loyihasiga professorning ilmiy rahbarlik qilishga roziligi, mezbon tomonning muassasada ish oʻrni bilan taʼminlashga roziligi taʼkidlanadi.
  7. Oliy maʼlumot haqidagi diplomning nusxasi ilovasi bilan + tarjima idorasida qilingan tarjimasi.
  8. Xalqaro til sertifikatlari: Agar oʻquv dasturlari nemis yoki ingliz tillarini bilishni tasdiqlashni talab qilsa, u holda ularning har biri boʻyicha xalqaro til sertifikatlarini ilova qilishingiz kerak (masalan, nemis tili uchun: TestDaF, Gyote-Sertifikat S1 yoki ingliz tili uchun TOEFL, IELTS kamida talab etiladigan ballar bilan). Tanlovda ishtirok etish uchun sertifikatning nusxasi yetarli. Agar siz hali til sertifikatini olmagan boʻlsangiz, Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasi bilan bogʻlaning, nima qilish kerakligini aytishadi.

Portalga yuqoridagi barcha hujjatlar yukalanishi lozim.

Shuingdek, nomzodlar professordan bitta dolzarb tavsiyanoma ham taqdim etishi kerak (tavsiyanoma professor tomonidan shaxsan imzolanishi kerak, skanerlangan yoki elektron imzo bilan berilgan tavsiyalar qabul qilinmaydi). Tavsiyanomaning maxsus shakli mavjud.

Tavsiyanom onlayn tarzda portalga yuklanmaydi, pochta orqali Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga yuboriladi.

Diqqat! Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat tufayli, arizalar – istisno tarzda – tavsiyanomasiz topshirilishi mumkin. Tavsiyanomaning yoʻqligi arizani formal sabablarga koʻra rad etilishiga olib kelmaydi. Taqdim etilgan tavsiyanomalar tanlov komissiyasi tomonidan arizalarini koʻrib chiqish jarayonida hisobga olinadi. Shuni  inobatga olgan holda, epidemiologik vaziyatda, imkon qadar tavsiyanomalarni olish va ularni arizalarning ichida topshirish tavsiya etiladi.

Germaniyaing Oʻzbekistondagi elchixonasi manzili:

Sharof Rashidov koʻchasi 15, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, tel.: (+998 78) 120 84 78, (+998 99) 100 03 89; Ye-mail: ku-102@tasc.diplo.de

Stipendiya dasturlari va formulyarlari haqidagi batafsil maʼlumotlarni quyidagi saytdan topish mumkin: www.funding-guide.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!