×

Forschungsstipendium – Jahresstipendium: Germaniyada 10 oygacha tadqiqot olib borish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

1877 marta

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi yosh olim va tadqiqotchilardan Forschungsstipendium – Jahresstipendium grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Stipendiya yosh olimlarga Germaniyadagi davlat yoki akkreditatsiyadan o‘tgan OTMlari yoki boshqa tadqiqot muassasalarida 1-10 oy davomida tadqiqot ishlarini olib borish va malaka oshirish imkonini taqdim etadi. Moliyalashtirish dasturi taxminan 2022-yil 1-oktabrdan boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Yosh olim va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur davomida tadqiqotchilar quyidagilar bilan ta’minlanadilar:

  • Magistratura tadqiqotchilari uchun 861 yevro stipendiya beriladi.
  • Doktorantura tadqiqotchilari uchun 1200 yevro stipendiya beriladi.
  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi
  • Bir martalik ko‘mak puli beriladi.
  • 6 oydan ko’p muddatga Germaniyada qoluvchi tadqiqotchilarning oila a’zolari uchun moliyaviy ko’mak ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Nomzod yuqori malakali tadqiqotchi – doktorant yoki moliyalashtirish boshlanguniga qadar magistrlik darajasini qoʻlga kirituvchi, alohida hollarda bakalavrlik darajasini qoʻlga kiritadigan yosh olim bo‘lishi kerak.
  2. Nomzod o’zi tadqiqot olib borish uchun tanlagan oliygoh yoki muassasadan rozilik olishi kerak.
  3. Mezbon muassasada loyihaga rahbarlik qiluvchi professordan hamkorlikda ishlashga rozilik olishi kerak.
  4. Ilmiy – tadqiqot loyihasining ilmiy rahbar bilan kelishilgan batafsil va aniq bayoni, shuningdek avvalgi tadqiqot ishlari ro‘yxatini taqdim etishi kerak.
  5. Nomzod nemis va/yoki ingliz tilini (tadqiqotning ishchi tiliga qarab) yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga arizalar 2022-yil 15-noyabrgacha www.funding-guide.de portali orqali qabul qilinadi. Buning uchun ro‘yxatdan o‘tib, shaxsiy kod va parol olinadi, ariza anketasi to‘ldiriladi va quyidagi hujjatlarning barchasi belgilangan o‘rinlarga yuklanadi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Xronoligik uzluksiz ko’rinishga ega tarjimai hol – rasm yopishtirilgan, sana va imzo qo’yilgan bo’lishi kerak.
  3. Ilmiy maqolalar ro‘yxati.
  4. Ilmiy – tadqiqot loyihasining ilmiy rahbar bilan kelishilgan batafsil va aniq bayoni. Shuningdek, mavzu bo’yicha ilmiy ishning nega aynan Germaniyada olib borilishi zaruriyati asoslab berilishi kerak.
  5. Germaniya oliygohi bilan kelishilgan kalendar ish rejasi.
  6. Nemis professorining rasmiy ozma taklifnomasi (ishchi va kalendar rejalar bilan mos ravishda), unda tadqiqotchining aniq ilmiy loyihasiga professorning ilmiy rahbarlik qilishga va mezbon tomonning muassasada ish o‘rni bilan ta’minlashga roziligi ta’kidlanadi.
  7. Oliy ma’lumot haqidagi diplomning nusxasi ilovasi bilan va tarjima idorasida qilinfgan tarjimasi.
  8. Xalqaro til sertifikatlari: Agar oʼquv dasturlari nemis yoki ingliz tillarini bilishni tasdiqlashni talab qilsa, u holda ularning har biri boʼyicha xalqaro til sertifikatlari ilova qilinishi kerak (masalan nemis tili uchun TestDaF, Gyote-Sertifikat C1 yoki ingliz tili uchun TOEFL, IELTS kamida talab etiladigan ballari bilan). Tanlovda ishtirok etish uchun sertifikatning nusxasi yetarli. Hali til sertifikatlarini olmagan nomzodlarning O’zbekistondagi Germaniya elchixonasi bilan bog’laishlari tavsiya etiladi.

MUHIM: Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida bo‘lishi, boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlardan tashqari, nomzodni yaxshi biladigan professordan bitta dolzarb tavsiyanoma ham talab etiladi. Hujjat tavsiya beruvchi tomonidan shaxsan yozilib, imzolanishi va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga pochta orqali yuborilishi kerak:

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi,
Sharof Rashidov ko’chasi 15,
Toshkent, O’zbekiston
tel.: (+998 78) 120 84 78, (+998 99) 100 03 89;
Email: ku-102@tasc.diplo.de

Stipendiya dasturlari va formulyarlari haqidagi batafsil maʼlumotlarni quyidagi saytdan topish mumkin: www.funding-guide.de

Diqqat! Koronavirus pandemiyasi bilan bogʼliq vaziyat tufayli, arizalar – istisno tarzda – tavsiyanomasiz topshirilishi mumkin. Tavsiyanomaning yoʼqligi arizani formal sabablarga koʼra rad etilishiga olib kelmaydi. Taqdim etilgan tavsiyanomalar tanlov komissiyasi tomonidan arizalarini koʼrib chiqish jarayonida hisobga olinadi. Shuni inobatga olgan holda, epidemiologik vaziyatda, imkon qadar tavsiyanomalarni olish va ularni arizalarning ichida topshirish tavsiya etiladi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi manzili:

Sharof Rashidov ko’chasi 15, Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi, tel.: (+998 78) 120 84 78, (+998 99) 100 03 89; Email: ku-102@tasc.diplo.de  

Stipendiya dasturlari va formulyarlari haqidagi batafsil maʼlumotlarni quyidagi saytdan topish mumkin: www.funding-guide.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!