×

Forté Fellowships For Women: Buyuk Britaniyada MBA kurslari uchun xotin-qizlarga 27 250 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

18.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1830 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan nufuzli oliygohlardan biri – Imperial College Business School tomonidan ajratilgan Forté Fellowships For Women grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetning full-time MBA kurslarida o’qishni xohlovchi xotin-qizlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBA kursi kontrakt to’lovi 54 500 funt sterlingni tashkil qiladi.

Grant yutgan talabaga 27 250 funt sterling grant beriladi. Undan tashqari, talaba AQShda bo’ladigan Forté MBA Women’s Leadership Conference konferensiyasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Grant egalari boshqa faol ayollar bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.

Talablar:

  • Grantlar jamoaviy va ijtimoiy lavozimlarda, ishda, o’qishda, jamiyatda o’zini ko’rsata olgan, yetakchilik sifatlariga ega xotin-qizlarga beriladi.
  • Nomzodlar arizalari, tavsiyanomalar, GMAT natijalari, o’z sohasidagi yetakchiligiga ko’ra saralanadi. Grant berilgan talabalar ayollarning karyera qilishi va rolini oshirishda faol bo’lishi talab etiladi.
  • Nomzod grantga arizasi ko’rib chiqilishi uchun Imperial College Business School MBA kursiga hujjat topshirishi kerak.
  • MBA kursiga qabul uchun nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi yoki shu yil yozda ega bo’lishi zarur. Baholari qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik yaxshi.
  • Qabul uchun kamida 3 yillik to’liq stajli ish tajribasi bo’lishi kerak.
  • Nomzod GRE (kod: 0121) yoki GMAT (kod: S22-7S-16) testlarini topshirishi shart. Agar ariza topshirish vaqtida hali test natijalari bo’lmasa, GRE yoki GMAT testi uchun ro’yxatdan o’tganini ko’rsatuvchi hujjat topshiriladi. Talab qilinadigan minimal ball haqida bu yerda o’qing.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7,0 (barcha qismlaridan kamida 6,5), DUOLINGO 125 (barcha qismlaridan kamida 115) yoki TOEFL IBT 100 (barcha qismlaridan kamida 22) sertifikatiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirilmaydi. 2021-yil 18-iyungacha MBA kurslariga hujjat topshirgan xotin-qizlarning arizalari grant uchun ham ko’rib chiqiladi. Talabalar orasidan ijtimoiy faol, ish va o’qishda katta yutuqlarga erishgan va jamiyatda ayollarning o’rnini mustahkamlash uchun hissa qo’shib kelayotgan xotin-qizlarga grant belgilanadi. Grant va kursga qabul natijalar birgalikda e’lon qilinadi.

MBA kursiga 18-iyungacha ariza topshirish zarur. Arizalar bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun 135 funt sterling ariza to’lovi amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza to’lovi.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar.
  4. Personal statement
  5. GMAT yoki GRE natijalari.
  6. CV.
  7. Ingliz tili testi sertifikati.

Arizalari birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar Skype orqali suhbatdan o’tadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Universitetga murojaat qilish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!