×

Fotomuxbirlar va professional suratkashlar uchun Yannis Behrakis International Photojournalism Award 2021 fotosuratlar tanlovida ishtirok eting va 15 000 yevro pul mukofotiga ega bo’ling!


Grant

MUHLAT

18.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

923 marta

Fotomuxbirlar uchun Yannis Behrakis International Photojournalism Award 2021 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi fotomuxbirlar va professional jurnalistlarning ishini e’tirof etish va ularni qo’llab-quvvatlash.

Tanlovda asosiy faoliyati fotomuxbirlikdan iborat bo’lgan, professional suratkashlar 2018-yil yanvardan keyin tushirilgan fotosuratlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovga bitta ishtirokchi 99 tagacha loyiha (har bir loyiha 1 tadan 24 tagacha fotosuratdan iborat bo’lishi mumkin) topshirishi mumkin.

Tanlovda ilgari g’olib bo’lgan suratkashlar va ular topshirgan fotosuratlar galereyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Professional fotomuxbirlar va suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yannis Behrakis International Photojournalism Award mukofotiga munosib topilgan muallifga 15 000 yevro pul mukofoti beriladi.

G’olib chiqqan fotomuxbir topshirgan suratlar Athens Photo World 2022 galereyasida muallifning yakka ko’rgazmasi ko’rinishida namoyish etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda faqat professional fotomuxbirlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Bitta ishtirokchi 99 tagacha loyiha topshirishi mumkin. Bunda bitta loyiha 1 tadan 24 tagacha fotosuratdan iborat bo’lishi mumkin. Arizada suratlarga sharhlar, nomzodning 1500 belgidan iborat tarjimai holi va CV ham topshirishi zarur.
  • Topshirilgan fotosuratlar JPG formatida, uzun tomoni kamida 3000 piksel bo’lishi zarur.
  • Har bir topshirilgan loyihada suratlar tushirilgan yil, hudud va izohlar ko’rsatilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 18-aprelgacha qabul qilinadi. 20-mayda finalga chiqqan nomzodlar, 30-mayda esa g’oliblar e’lon qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerga bosing.

Qo’shimcha ma’lumot uchun ko’p so’ralgan savollarga javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Murojaat uchun: info@apw.gr.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!