×

Fransiya: Magistratura uchun yillik 10 ming yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

10.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3013 marta

Fransiyaning Lion shahrida joydashgan Lion universiteti – Université de Lyon navbatdagi The Excellence Laboratory  Milyon dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi Lion universitetining magistratura bosqichida tahsil olish niyatida doʻlgan yuqori salohiyatli tadqiqotchilarga moliyaviy yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. The Excellence Labaratory Milyon dasturi bo’yicha tadqiqot olib borish uchun har oyda 1000 yevro stipendiya 10 oy davomida beriladi. Stipendiya ikkinchi yilga ham uzaytirilishi mumkin.
  2. BUndan tashqari, nomzodlarga 10 oy davomida Lion-Sent-Etyen hududida oʻqish uchun oyiga 1000 yevro miqdorida mablagʻ ajratilishi mumkin.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod quyidagi magistratura dasturlaridan birining birinchi yoki ikkinchi kursida oʻqiyotgan/o’qishga qabul qilingan boʻlishi kerak:
  1. Fransuz tilidagi dasturga hujjat topshirgan nomzod fransuz tilida kamida B2 darajaga ega boʻlishi talab etiladi;
  2. Ingliz tilidagi dasturga hujjat topshirgan nomzod esa IELTS 6,0-6,5 darajasiga ega boʻlishi kerak.

Stipendiya dasturida ishtirok eta oladigan magistratura dasturlari toʻgʻrisida: SHU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 10-yanvar tungi 23:59 ga qadar (Fransiya vaqti bilan) qabul qilinadi. Ariza topshirish: SHU YERDA.

  1. 2 betdan oshmagan rezyume;
  2. Motivatsion xat;
  3. Baholar varagʻi (skaner nusxasi);
  4. 2017–2018 yillar (2016-2017-yillar, agar oxirgisi boʻlsa) davomida oʻtilgan kurslar haqida maʼlumot;
  5. Ikkita tavsiyanoma (bittasi 2017-2018 yoki 2016-2017-yillarda taʼlim bergan oʻqituvchidan olinadi).
  6. Nomzodlar oʻzlari tanlagan mutaxassislik uchun qabul qilingan barcha talablarga toʻliq mos boʻlishlari lozim.

*Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Natijalarning 2018-yilning 15-fevralida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!