×

Fransiya: Magistraturada o’qish uchun yillik 15 ming yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3453 marta

Fransiyada joylashgan The Université Paris-Dauphine oliy ta’lim muassasasi magistraturada o’qishni xohlovchi xalqaro talabalardan grant dasturigi arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi magistraturani bitirgandan keyin The Université Paris-Dauphine‘da PhD bosqichining quyidagi yo’nalishlarida o’qishni davom ettrishni reja qilgan nomzodlarga beriladi:

  • Finance
  • Management
  • Economics
  • Sociology
  • Political science
  • Law
  • Mathematics
  • Computer sciences

Magistraturani ushbu grant orqali bitirganlar PhD bosqichidagi grantlarga ham ariza tophirishi va PhD bosqichini ham grant aosida o’qishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritgan nomzodlar yillik 15 ming yevro stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Fransiya fuqarosi bo’lmasligi kerak
  • Nomzod o’zi tanlagan magistrlik sohasi bo’yicha The Université Paris-Dauphine’da PhD bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishning qabul qilish shartlariga mos bo’lishi kerak.
  • Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini isbolotlovchi hujjatga (IELTS/TOEFL) ga ega bo’lishi yoki fransuz tilini bilishi kerak. Fransuz tiliga ham sertifikat so’ralishi mumkin. Tilga qo’yilgan talablar yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin.
  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak.

Magistrlik dasturlari bilan SHU YERDA tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Nozmodlar 2019-yilning 30-apreliga qadar quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda grant uchun ariza formasini secretariat@fondation-dauphine.fr elektron manziliga yuborishi kerak:

  • CV.
  • Bakalavrlik bosqichida olgan baholar (barcha yillarda olgan baholar bo’lishi kerak).
  • Ikki sahifadan oshmagan motvatsiya xati. Unda nomzod o’zi tadqiq qilmoqchi bo’lgan dasturi/mavzusini ham yoritishi kerak.
  • Nomzod universitetidagi professor/ilmiy rahbar/dekan/prorektor va boshqalar tomonidan imzolangan ikkita tavsiyanoma.
  • Nomzod tanlagan magistrlik dasturi direktoridan qo’lllab-quvvatlash xati (Letter of support).

Mathematics (matematika) va Computer Sciences (Kompyuter fanlari) yo’nalishlariga hujjat topshirish muhlati 2019-yilning 5-iyunigacha, qolgan yo’nalishlarga hujjat topshirish esa 2019-yilning 5-martigacha.

Nomzodlarga imkon qadar ertaroq magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirish tavsiya qilinadi. Grant yuzasidan natijalar 2019-yilning 31-mayida email orqali e’lon qilinadi. Shuningdek, ingliz tilida o’qishni xohlovchilar kerakli ma’lumotlarni universitet saytidan top olmasa, o’zi tanlagan yo’nalish mas’ullaridan kerakli ma’lumotlarni email orqali so’rab olishi kerak bo’ladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!