×

Fransiya Eiffel Scholarship Program of Excellence: Magistratura va PhD bosqichlari uchun toʻliq grant; sugʻurta va transport xarajatlari qoplanadi; oylik stipendiya – 1400 yevrogacha!


Grant

MUHLAT

08.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2428 marta

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuqori bilimli chet ellik nomzodlarni magistratura va aspirantura dasturlariga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan 2021-yilgi Eiffel Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari boʻlgan va kelajakda davlat va xususiy sektorda muhim qarorlar qabul qiluvchi masʼul shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Stipendiya dasturi Fransiya universitetlaridan birida magistratura va aspiranturada oʻqiyotgan nomzodlar uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagi muddatda davom etadi:

  • Magistratura: 12 oydan 36 oygacha.
  • Doktorantura/PhD: 12 oy.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiya yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Grant muddati tugaguncha magistratura talabalari har oy 1181 yevro (odatiy 1031 yevroga yana 150 yevro stipendiya ham qoʻshiladi), aspirantura talabalari 1400 yevro miqdordagi stipendiya bilan ta’minlanadi.
  2. Talabaning safar xarajatlari uchun oylik 50 yevro mablagʻ beriladi.
  3. Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi talabalar uchun ijtimoiy sugʻurta qilib beriladi.
  4. Undan tashqari, oʻqish davomida paydo boʻladigan boshqa xarajatlar (masalan, tibbiy sugʻurta, madaniy faoliyat, davlat ichida transportdan foydalanish kabi) ham dastur tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

Stipendiya oʻqish xarajatlarini qoplamaydi. Toʻliq taʼlumot: shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Fransiya universitetlaridan birining:
  • Huquq.
  • Iqtisodiyot va menejment.
  • Injenerlik (texnika), aniq va tabiiy fanlar.
  • Siyosiy fanlar yoʻnalishlardan birida magistratura yoki aspiranturasida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Demak, grant olish uchun avval universitetga oʻqishga kirish lozim.
  1. Nomzod magistratura uchun 30 yoshgacha va aspirantura uchun 35 yoshgacha boʻlishi kerak.
  2. Nomzod fransuz millatidan boshqa millat vakili boʻlishi lozim.
  3. Nomzod oʻqiyotgan mutaxassisligi doirasida qabul qilingan til bilish darajasiga mos boʻlishi zarur.
  4. Nomzod Fransiya hukumati tomonidan beriladigan stipendiya dasturlarida avval ishtirok etmagan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlarning arizalari 2021-yil 8-yanvarga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval universitetga oʻqishga kirish lozim. Undan soʻnggina nomzodning grantga arizasi topshirildi. Hujjat va ariza topshirish uchun nomzod oʻqiyotgan universitet maʼmuriyatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilishi lozim:

Manzil: O`zbekistondagi Fransiya elchixonasi: Toshkent shahri, Istiqbol ko`chasi, 25-uy.

Rasmiy sayt: shu yerda.

Telefon: (998 71) 232-81-00

Faks: (998 71) 233 62 10

Nomzodning hujjatlarini dasturga universitet topshiradi.

Saralash natijalari 2021-yil 22-martda tashkilotchining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Maʻlumot uchun: candidatures.eiffel@campusfrance.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!