×

Fransiya: GMAT sertifikati bilan magistratura uchun 50 foizgacha grant yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1900 marta

Fransiyaning 1964-yilda tashkil etilgan IÉSEG School of Management 2019-2020-oʻquv yili uchun GMAT Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda o`qitiladigan Master of Science in International Accounting, Audit & Control magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grant talabaning moliyaviy ahvonini emas, uning akademik yutuqlari va a’lo baholarini inobatga oladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IÉSEG School of Management Master of Science in International Accounting, Audit & Control magistratura kursida oʻqish uchun 15 000 yevro kontrakt to`lanadi.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yilga kontrakt pulini qisman qoplab beriladi:

  • GMAT 600 dan 640 ballagacha – 25 %.
  • GMAT 650 dan 690 ballagacha – 40 %.
  • GMAT 700 ball va undan yuqori bo`lsa – 50 %.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismini ham nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Master of Science in International Accounting, Audit & Control magistratura kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Grant amal qiladigan kurslar ro`yxati maqola boshida berilgan
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod GMAT bo`yicha kamida 600 ball darajaga ega bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzodning moliya, boshqaruv, iqtisodiyot yoki matematika sohasi bo`yicha bakalavr diplomi bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kurs sahifasida IELTS kamida 6.5 boʻlishi zarurligi ko`rsatilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning Master of Science in International Accounting, Audit & Control magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Kursga berilgan arizaning oʻzi grant uchun yetarli. Grantga alohida ariza berish talab etilmaydi.

Oʻqishga kirishga va grant dasturi uchun 2019-yil 31-maygacha ariza berish mumkin.

Ariza topshirish

Master of Science in International Accounting, Audit & Control mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Master of Science in International Accounting, Audit & Control sahifasiga kiramiz.
  • “Get started” boʻlimida onlayn tarzda ariza berish mumkin. Arizani to`ldiramiz.
  • Submit your application” boʻlimini tanlaymiz. U yerda oʻqishga kirish talablari va kerakli hujjatlar koʻrsatilgan. Ro`yxatdan o`tish uchun 80 yevro to`lanadi.
  • Interview with the recruiter” boʻlimida ariza qabul qilingandan keyin nomzod suhbatdan o`tishi haqida maʼlumot berilgan.
  • “Final Decision” sahifasida natijalarning 2 haftadan so`ng e’lon qilinishi aytilgan.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Diplom moliya, boshqaruv, iqtisodiyot yoki matematika sohasi bo`yicha bo`lishi kerak.
  • Ingliz tili testi (IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • CV/rezyume.
  • Boshqa sertifikatlar. GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar majburiy emas. Lekin grantga ariza berayotgan nomzod albatta GMAT (kamida 600 ballik) sertifikat topshiradi.
  • Pasport nusxasi.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, GMAT sertifikatidagi ballning yuqoriligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan ikki hafta keyin elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

Mrs. Élise LANCELOT

Elektron pochta: e.lancelot@ieseg.fr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!