×

Fransiya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

180 kun

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

337 marta

Fransiyada joylashgan International Fashion Academy Paris (IFA Paris) 2020-yilgi bakalavr hamda magistratura bosqichlari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar bakalavr bosqichining Fashion design and Technology yoʻnalishiga va magistratura bosqiching Master of Arts Contemporary Fashion Design yoʻnalishi uchun moʻljallangan. Dasturdan asosiy maqsad nafaqat talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash, balki iqtidorli yoshlarni aniqlab ularni jahon moda olamining raqobatdosh dunyosiga olib kirishdir. Grantlar soni cheklanmagan boʻlib , belgilangan talablarga javob bera oluvchi har bir iqtidor egasi ushbu grant sohibi boʻlishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga bilim darajasi hamda moliyaviy holatini hisobga olib, quyidagicha grant ajratilishi mumkin:

  • Excellence scholarship: kontakti 40%  ga chegirma qilinadi.
  • Distinction scholarship kontrakti 20% ga chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod oʻrta ta’limni toʻliq tugatgan boʻlishi lozim
  • Roʻyhatdan oʻtish uchun bakalavriatga nomzod 18 yoshga toʻlgan boʻlishi yoki IFA Parisda oʻqishni boshlaguncha belgilangan yoshga toʻlib boʻlishi lozim.
  • Roʻyhatdan oʻtish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar (oʻrta ta’lim/bakalavr diplomi, rezume, motivation letter, passport oʻlchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi lozim.
  • Fashion design and Technology bakalavriat yoʻnalishiga roʻyhatdan oʻtayotgan nomzodlar shaxsiy dizaynerlik ish namunalarini ham taqdim etishlari lozim.
  • Qabul jarayonida 150 yevro toʻlovni ham amalga oshirish kerak. Nomzod bilan onlayn yoki yuzma-yuz suhbat ham oʻtkaziladi.
  • Magistratura bosqichiga roʻyhatdan oʻtmoqchi boʻlgan nomzodlar bakalavr bosqichini Business Administration, Marketing, Media va Communication hamda Fashion Design sohalaridan birida tugatgan boʻlishi lozim.
  • Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS dan kamida 5.5 (bakalavriat) 6.5 ball (magistratura) sertifikat talab qilinadi.
  • Nomzoddan sohaga oid tajriba talab etiladi (amaliyot oʻtash dasturlari ham hisobga olinadi)
  • Roʻyhatdan oʻtish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar (bakalavr diplomi, Rezume, motivation letter, passport oʻlchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi lozim.
  • Master of Arts Contemporary Fashion Design magistratura yoʻnalishiga roʻyhatdan oʻtayotgan nomzodlardan shaxsiy dizaynerlik ishlaridan namunalar soʻraladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. 2020-yildan boshlanadigan kurslar uchun dedlayn – 2020-yil 15-mart.

Hujjat topshirish quyidagacha amalga oshiriladi:

  1. Grant uchun ariza bermoqchi boʻlsangiz, avvaliga bakalavr hamda magistratura kurslariga hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak boʻladi.
  2. IFA Paris grant dasturiga roʻyhatdan oʻtish uchun shu yer orqali Shaxsiy akkauntingizni ochishingiz lozim.
  3. Toʻldirilgan ariza hamda talab qilingan hujjatlar ushbu akkaunt orqali yuboriladi.
  4. Arizani shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: info@ifaparis.com  elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!