×

IFA Paris: Fransiyada moda va dizayn yo’nalishida bakalavr va magistratura kurslari uchun 100% gacha grantlar!


Grant

MUHLAT

15.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

8221 marta

Fransiyada joylashgan International Fashion Academy Paris (IFA Paris) 2023-yilgi bakalavr hamda magistratura bosqichlari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlarni universitetda mavjud barcha bakalavr va magistratura kurslari uchun yutib olish mumkin.

Taklif etilayotgan grantlar 2 turga boʻlinadi:

  1. Nomzodlarning iqtidori, akademik koʻrsatkichlari asosida beriladigan merit-grantlar.
  2. Nomzodlarning moliyaviy holatidan kelib chiqib beriladigan moliyaviy yordam grantlari.

IFAda mavjud kurslar bilan quyidagi havolalar orqali tanishing:

Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Merit-grantlar talabalarga quyidagi imtiyozlarni beradi:

  • Full Scholarship: kontrakt to’lovidan 100% ozod qilinadi.
  • Excellence Scholarship: kontakt to’loviga 40%  chegirma qilinadi.
  • Distinction Scholarship: kontrakt to’loviga 20% chegirma qilinadi.

Moliyaviy yordam grantlari talabaning moliyaviy holatidan kelib chiqib, kontrakt summasining 20, 30 yoki 40 foizini toʻlashdan ozod qiladi.

Talablar:

Yuqorida keltirilgan 2 turdagi grantlar uchun nomzodlarga turlicha talablar qoʻyilgan. Ular quyidagicha:

Merit-grantlar uchun talablar:

  • Faqat bitta merit-grantga ariza berish mumkin. Ariza shaklida aynan qaysiga ariza berayotganingizni aytishingiz kerak.
  • Istalgan bakalavrlik yoki magistrlik kursi uchun merit-grant olish mumkin.
  • Onlayn tarzda oʻqiladigan dasturlar uchun Full Scholarship va Excellence Scholarship grantlari berilmaydi.
  • Agar oʻzingiz ariza bergan grant sizga taqdim etilsa, boshqa merit-grantga ariza bera olmaysiz.
  • Oʻqishga ariza topshirish jarayonida grant uchun barcha kerakli hujjatlarni yuklashingiz kerak. Oʻqishga qabul qilingandan keyin merit-grantga ariza berib boʻlmaydi.
  • Grantlarni qoʻlga kiritish uchun GPA (baholar oʻrtachasi) kamida quyidagicha boʻlishi kerak:
    – Full Scholarship uchun 4 lik tizimda 3,8.
    – Excellence Scholarship uchun 4 lik tizimda 3,5.
    – Distinction Scholarship uchun 4 lik tizimda 3.

​Moliyaviy yordam grantlari uchun talablar:

  • Faqat bitta moliyaviy yordam grantiga ariza berish mumkin. Ariza shaklida aynan qaysiga ariza berayotganingizni aytishingiz kerak.
  • Istalgan bakalavrlik yoki magistrlik kursi uchun moliyaviy yordam grantini olish mumkin.
  • Bakalavriat kurslari uchun moliyaviy yordam granti faqat birinchi yil beriladi, keyingi yillarda yana qayta ariza berish kerak boʻladi. Magistratura dasturi uchun esa moliyaviy yordam grantni butun dastur davomida amal qiladi.
  • Oʻqishga ariza topshirish jarayonida grant uchun barcha kerakli hujjatlarni yuklashingiz kerak. Oʻqishga qabul qilingandan keyin merit-grantga ariza berib boʻlmaydi.

Shuningdek, bakalavriat va magistratura bosqichi uchun ham alohida qabul talablari mavjud. Nomzod yuqoridagi grantlarni qoʻlga kiritish uchun shu talablarga javob berishi va oʻqishga qabul qilinishi lozim. Jumladan, bakalavriatga qabul qilinishi uchun kamida IELTS 5.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikati, magistraturaga qabul qilinishi uchun kamida IELTS 6.5 yoki shu darajaga teng boshqa xalqaro til sertifikati.

Bakalavriat va magistraturaga qabul talablari bilan bu yerda  batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Kontrakt toʻlocidan 100% ozod qiladigan merit-grantga (full scholarship) 2023-yil 15-martgacha ariza topshirilishi kerak. Qolgan grantlarga arizalar yil davomida qabul qilinadi.

1-qadam. Grant uchun ariza bermoqchi boʻlsangiz, avvaliga bakalavr yoki magistratura kurslariga hujjat topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar va ularga qo’yilgan talablar haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. Kursga bu yerda ariza beriladi. Ariza topshirishda 150 yevro miqdorida ariza to’lovi mavjud.

2-qadam. Bu yerga kirib, grant turlari, ularning talablari va ularga kerakli hujjatlar bilan batafsil tanishing. Va o’zingiz ariza topshirmoqchi bo’lgan grantni tanlab oling. Tanlagan grantingiz uchun ariza shaklini yuklab olib, uni to’ldiring va grant uchun talab qilinadigan boshqa hujjatlarni tayyorlang.

3-qadam. So’ng ariza topshirish tizimiga qaytib, tanlagan bakalavriat/magistratura kursi va tanlagan grantingiz uchun barcha hujjatlarni topshiring

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grantlar haqidagi rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing

Savollar yuzasidan info@ifaparis.com  elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!