×

Fransiya: Iqtisod va bisnes boshqaruvi mutaxassislariga 21 haftalik stajirovka dasturi; 1 300 yevro stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

21.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1976 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Nexans tashkiloti 18 dan 30 yoshgacha boʻlgan iqtisod, biznes boshqaruvi va kadrlar boshqaruvi (Economics, Business Administration, Human Resources) sohalari mutaxassislarini Trainee in Human Resources Stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Fransiyaning Parij shahrida joylashgan Nexans tashkilotida biznes boʻlinmalarining mahalliy kadrlar bilan ishlash mutaxassislariga ma’lumotlarni tahlil qilish va analitika yordamida korporativ jixozlar bilan ishlash jarayoni boʻyicha yordam koʻrsatadi. Dastur 2019-yil 15-sentabrdan 2020-yil 15-fevral oraligʻida 21 hafta davom etadi. Darsturga nomzod ingliz va fransuz tillarini bilishi kerak. Batafsil: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

18 -30 yoshli iqtisod, biznes boshqaruvi va kadrlar boshqaruvi (Economics, Business Administration, Human Resources) sohasi mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 21 hafta davomida oylik 1 300 yevro stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod 18 -30 yoshda boʻlishi kerak.
  • Nomzod iqtisod, biznes boshqaruvi va kadrlar boshqaruvi (Economics, Business Administration, Human Resources) sohasi boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz va fransuz tillarini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  • Nomzod Human Resources, Project Management, Data Analysis, Leadership, Presentation Skills va Training koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  • Nomzod 6 oylik viza rasmiylashtirishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 21-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

  • CV/resume.
  • Shaxsiy ma’lumotlar.
  • Skills (koʻnikmalar).
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Ariza ichida bir necha daqiqalik test yoki savol berilishi mumkin. testni yechib berish lozim. Savolga esa maksimal darajada qisqa va mazmunli javob yozing. Odatda bu savol “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida berilgan boʻladi.

Eslatma:

  • Barcha ma’lumotlarni elektron shaklda “submit” qilish kerak.
  • Ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi.
  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang.
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Saralash jarayoni 19 kun davom etadi:

  1. 10 kun ariza topshiriladi.
  2. 2 kun Shortlisting (qisqa roʻyxat tuziladi).
  3. 5 kunda 1-bosqich suhbat oʻtkaziladi.
  4. 2 kun 2-bosqich suhbat oʻtkaziladi.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!