×

Fransiya: magistratura kursi uchun oyiga 1 000 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

08.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2774 marta

Fransiyaning Lyon shahrida joylashgan ENS de Lyon (L’École normale supérieure de Lyon) oliygohi 2021-yil kuzda boshlanadigan magistratura kurslari uchun Ampère Scholarships of Excellence grant dasturini taklif etadi. Dastur doirasida magistraturaning barcha yoʻnalishlari uchun (FEADép Master’s programs`dan tashqari) grantlar ajratiladi. Dasturdan maqsad aʼlochi, iqtidorli va yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida gʻolib talabaga oyiga 1 000 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Grant 1 oʻquv yili (12 oy) uchun ajratiladi. Dastur shartlari bajarilganida grant keyingi oʻquv yiliga ham uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Fransiya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Grant ENS de Lyon magistratura kursining 1 yoki 2- bosqichida (M1/M2) oʻqish uchun ajratiladi.
  3. Nomzod 180 ECT yoki unga tenglashtirilgan ballga ega boʻlishi kerak (magistratura kursiga hujjat topshirayotganlar uchun).
  4. Nomzod magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tugatishi va 240 ECT toʻplashi kerak (magistraturada oʻqiydiganlar uchun).
  5. Magistraturaning barcha yoʻnalishlari uchun (FEADép Master’s programs`dan tashqari) grantlar ajratiladi.
  6. Nomzod aʻlochi boʻlishi va bu uning baholarida aks etishi kerak.
  7. Nomzod fransuz va/yoki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (tanlangan kurs tiliga qarab).
  8. Nomzod 26 yoshdan katta boʻlmasligi kerak. Grant shartlari bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod 2021-yil 8-yanvargacha oliygohning magistratura kurslaridan biriga (FEADép Master’s programs`dan tashqari) hujjat topshirgan boʻlishi yoki 1-kursni muvaffaqiyatli tugatishi zarur.

Grant ajratiladigan magistratura kursiga hujjat topshrish uchun nomzod shu yer orqali onlayn arizani to’ldirishlari va quyidagi hujjatlarni kerakli oʻrinlarga yuklashi zarur:

  1. CV.
  2. Motivatsion xat.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. Bakalavr diplomi (endi hujjat topshirayotganlar uchun).
  5. Baholardan ko’chirma/ diplom ilovasi.
  6. Fransuz tilini oʻzlashtirganlik sertifikati (DALF/DELF/TCF – Arts, Humanities, Languages va Social Sciences yoʻnalishlari uchun).
  7. Fransuz va ingliz tili sertifikatlari (IELTS/TOEFL va DALF/DELF/TCF – Exact Sciences yoʻnalishi uchun).
  8. Fransuz tilini bilmaslik haqidagi xat (fransuz tilini bilmaydigan nomzodlar uchun).

Natijalar 2021-yil fevral oyida, barcha nomzodlarga e-mail orqali eʻlon qilinadi. Batafsil

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +33 (0)4 37 37 66 82

Email: ampere.scholarship@ens-lyon.fr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!