×

Fransiya: Moliya boʻyicha magistratura kursi uchun 50% gacha grant!


Grant

MUHLAT

15.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1362 marta

Fransiyaning Parij shahrida joylashgan IÉSEG School of Management oliygohining grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda oʻqitiladigan MSc in Finance (moliya boʻyicha magistratura) kurslari uchun ajratilgan. Ushbu grant shu kursga oʻqishga qabul qilingan eng iqtidorli fransuz va chet ellik talabalarga beriladi. Grantdan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. MSc in Finance kursi 1 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MSc in Finance kursi uchun talaba bir yilga 16 500 yevro kontrakt toʻlaydi. Grant yutib olgan talabaga vaziyat va moddiy ta’minot uchun ajratish mumkin mablagʻning hajmidan kelib chiqib talabaga 10% dan 50 % gacha chegirma qilinishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod MSc in Finance kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi, diplom sohasi menejment, moliya, biznes yoki shu kabi moliyaga yaqin yoʻnalishlardan biri boʻlishi va baholar a’lo boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kursga qabul uchun minimal talab IELTS 6.5 yoki TOEFL 85.
  4. Nomzod GMAT testidan muvaffaqqiyatli oʻtgan boʻlsa yanada yaxshi.
  5. Kurs va grant uchun fransuz tilini bilish majburiy emas.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

MSc in Finance kursining oʻziga hujjatlar 2 marta, kechi bilan 2020-yil 31-mayga qadar onlayn tarzda  shu yerda qabul qilinadi. Ayni vaqtda eng yaqin delayn 2020-yil 15-fevral.

MSc in Finance grantlarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas. Kursning oʻziga hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari grant uchun ham koʻrib chiqiladi va kursga qabul qilinishga munosib topilgan talabalar ichidan eng yuqori koʻrsatkichlarga egalariga grant belgilanadi.

Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va baholar.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6,5/TOEFL 85 ball sertifikati topshiriladi.
  4. Pasport nusxasi.
  5. GMAT, GRE yoki CAT testi natijasi.
  6. Fotosurat.

Hujjat topshirishda 100 yevro ariza toʻlovini amalga oshirish kerak.

Ma’lumot uchun:  e.lancelot@ieseg.fr  elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!