×

Fransiya: Mukofot fondi – 45 000 yevrolik tanlov; gʻolib Fransiyadagi taqdirlash marosimiga qatnashadi!


Grant

MUHLAT

03.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2579 marta

Fransiyaning Agorize, PSA RETAIL, GEFCO, MAZARS va UPTOO tashkilotlari hamkorlikda 2020-yilgi Talent For France 2020 musobaqasida qatnashishga taklif etadi. Dastur butun dunyodagi barcha talabalar uchun moʻljallangan. Ishtirokchilar technology, digital world, social, environmental  muammolar boʻyicha innovatsion loyiha va ishlanmalar bilan bu musobaqada qatnashishlari mumkin. Musobaqada ikki-toʻrt kishilik guruh boʻlib ishtirok etish lozim.

Tanlov yoʻnalishlari:

  • Smart Retail
  • Smart Mobility
  • Smart Finance
  • Smart Business

Dastur haqida batafsil maʼlumot bilan: shu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar jami fondi 45 000 yevrolik mukofot bilan taqdirlanadilar va 2020-yil 23-yanvarda Parijda boʻlib oʻtadigan tantanali marosimda qatnashish imkoniga ega boʻladilar.

Barcha sovrinlar:

  • Smart Retail Prize.

1-oʻrin – elektroskuter.

2-oʻrin – Peugeot FOCAL Listen simsiz quloqchin.

3-oʻrin – Citröen Bluetooth dinamik.

  • Smart Mobility Prize.

1-oʻrin – GEFCO maydonida ekspeditsiya + GEFCO Innovatsion fabrikasida 3 oylik koʻmak + Techstars jadallashtirish dasturidan foydalanish imkoni.

2-oʻrin – GEFCO saytida ekspeditsiya-oʻqish.

3-oʻrin – elektroskuter yoki voucher.

  • Smart Finance Prize

1-oʻrin – Mazars maydonida 3 kunlik oʻqish.

2-oʻrin – Startuplardan birining plstformasida bir kunlik oʻqish.

3-oʻrin – Escape Game 4D VR.

  • Smart Business Prize

1-oʻrin – 3 000 yevro sovgʻa sertfikat + UPTOO oʻquv treningi + nomzod tanlash platformasiga Gold access.

2-oʻrin – UPTOO oʻquv treningi + nomzod tanlash platformasiga Gold access.

3-oʻrin – UPTOO oʻquv treningi.

  • Agorize’s favourite.

Barcha liderlarga 3 000 yevro mukofot

  • Best pitch award

Eng yaxshi pitch/qadam koʻrsatgan guruhga 2 000 yevro sovrin.

Batafsil ma’lumot bilan: shu yerda va shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  2. Nomzodning yoshi ahamiyatga ega emas.
  3. Nomzodlar ikki-toʻrt kishilik guruh boʻlib qatnasha oladilar.
  4. Taqdim etilayotgan gʻoya va ishlanmalar ingliz/fransuz tillaridan birida boʻlishi lozim.
  5. Ishtirokchilar ingliz/fransuz tilini yaxshi bilishi lozim.
  6. Tanlovda faqat bitta gʻoya/ishlanma/startup bilan qatnashish mumkin.
  7. Ishtirokchilar technology, digital world, social, environmental muammolar boʻyicha innovatsion loyiha va ishlanmalar bilan bu musobaqada qatnashishlari mumkin.
  8. Taqdim etilayotgan barcha materiallar tanlangan yoʻnalish talablariga toʻliq mos boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 3-noyabrga qadar: shu yerda qabul qilinadi.

Hujjar topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Birinchi bosqich:

  1. Tashkilotchi rasmiy saytida roʻyxatdan oʻting.
  2. Guruh shakllantiring. A’zolar 2 -4 kishidan iborat boʻlishi kerak.
  3. 4 tadan mos keladigan yoʻnalishni tanlang.
  4. PowerPoint da 5 ta slayd tayyorlang. Slaydlar loyihaning asosiy mazmunini aks ettirishi va ingliz yoki fransuz tilida boʻlishi kerak.
  5. Dedlaynga qadar kerakli hujjatlarni tizimga yuklang.

Ikkinchi bosqich:

Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan guruhlar 2019-yil 18-noyabrdan 15-dekabrgacha quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

  1. 10-15ta slaydda loyihaning smeta xarajatlari, muddatlari, risk va toʻsiqlar, kutilayotgan natijalar kabi ma’lumotlarini tizimga yuklaydilar.
  2. Shuningdek, loyihaga oid qoʻshimcha hujjatlar, masalan: video, foto kabilarni ham taqdim etishlari lozim.

Gʻoliblarni saralash muammoning dolzarbligi, gʻoya/ishlanmaning innovativligi, samaradorligi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich:

Tanlov yakunlari 2020-yil 23-yanvarda Fransiyadagi marosimda 5 daqiqali taqdimot qilib beradilar va gʻoliblar oʻsha yerda e’lon qilinadi.

Barcha ma’lumotlar bilan tashkilotchining rasmiy saytida tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!