×

Fransiya: Barcha xarajatlari qoplanadigan rezidensiya dasturi; stipendiya – 5 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

5217 marta

Terra Foundation tashkiloti Fransiyada boʻlib oʻtadigan 2021-yilgi Terra Summer Residency Fellowships rezidensiya va grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Rezidensiya dasturi rassomlar va tasviriy san’at tadqiqotchilari uchun moʻljallangan boʻlib, 2021-yil 7-iyundan 6-avgustgacha Fransiyaning Jiverni shahrida boʻladi. 9 haftalik rezidensiya dasturi davomida qatnashchilar turli seminar, ma’ruza va treninglarda ishtirok etadilar, bir-birlari bilan tajriba almashadilar, ijod va tadqiqot qiladilar. Rezidensiya dasturlaridan maqsad odatda qatnashchiga ijod va izlanish uchun alohida muhit yaratib berish hisoblanadi, Terra yozgi rezidensiya dasturi ham aynan shuni maqsad qilgan. Dastur doirasida har yili taxminan 9 nafar qatnashchi saralab olinib, ularga Fransiyada ijod qilishlari va tadqiqot olib borishlari uchun sharoit yaratib berish rejalashtirilgan. Dastur haqida batafsil

Grant kimlar uchun?

Rassomlar va tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Terra rezidensiya dasturiga qabul qilingan qatnashchiga quidagi imkoniyat yaratib beriladi:

  1. Qatnashchiga butun dastur uchun 5000 AQSh dollari stipendiya beriladi.
  2. Qatnashchiga kerakli materiallar sotib olishi uchun qoʻshimcha yana 300 USD mablagʻ ajratiladi.
  3. Qatnashchi vatanidan Fransiaga yetib kelishi uchun ketadigan yoʻl xarajatlari uchun mablagʻ ham beriladi. Bunda Yevropa hududidan kelayotganlar uchun 500 AQSh dollari, AQSh va Kanadadan kelayotganlar uchun 1200 AQSh dollari va dunyoning boshqa hududlaridan kelayotganlar uchun 1500 AQSh dollari mablagʻ ajratilgan.
  4. Qatnashchiga dastur vaqtida yashashi uchun turar-joy tashkil qilib beriladi va bu yerda bepul tushlik

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza bera oladi.
  2. Dasturda rassomlar va AQSh san’ati va tasviriy san’atining 1980-yilga qadar davrda jahon san’at almashinuvidagi oʻrnini tadqiq etayotgan tadqiqotchilar ishtirok etishi mumkin.
  3. Dasturga ariza berayotgan rassomlar kamida magistratura diplomiga ega boʻlishi kerak. Saralash jarayonida diplomni oxirgi 5 yil davomida olgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
  4. Dasturga ariza berayotgan tadqiqotchilar PhD ilmiy darajasiga ega boʻlishlari va yuqorida koʻrsatilgan mavzu ustida tadqiqot olib borislari kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzod fransuz tilini ham bilsa yanada yaxshi, lekin bu majburiy emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Rezidensiya dastuirda ishtirok etish uchun onlayn ariza toʻldiriladi. Arizalar 15- yanvargacha qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.

Nomzodlar aqliy va ijodiy mahoratlari, ilmiy va kasbiy yutuqlari hamda jamoa va dastur rivojiga qanchalik hissa qoʻsha olishlariga asosan saralanadlar.

Maʻlumot uchun: tsr@terraamericanart.eu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!