×

Fransiya: Yosh liderlar uchun xarajatlar to‘liq qoplanadigan 3 kunlik simpozium; joy – 120 ta!


Grant

MUHLAT

22.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

4016 marta

Yevropa Ittifoqi va Yevropa Komissiyasining EU-CoE youth partnership tashkiloti «The future of young people’s political participation: questions, challenges and opportunities» simpoziumida qatnashishga taklif etadi. Ushbu simpozium lider yoshlar uchun moʻljallangan. Simpoziumda yosh siyosiy arboblar, o`qituvchi, tadqiqotchi va ijtimoiy faol nomzodlar ham ishtirok eta oladilar.

EU-CoE youth partnership tashkiloti yoshlar o‘rtasida davlatlararo, gender tengligi, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tenglik, muvozanat masalalarida fikr almashish uchun tashkil etilgan. Simpozium dunyo davlatlarining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tenglikka oid yangi go`yalarini muhokama etish maqsadida o‘tkaziladi. Simpozium 2019-yilning 18-20-sentabr kunlari Fransiyaning Strasburg shahrida bo‘lib o‘tadi.

Simpozium tashkilotchilari stipendiya ajratiladigan 120 nafar nomzodning xarajatlarini to‘liq qoplaydi. Simpozium dasturi va jadvali bilan: SHU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Barcha yosh lider, oʻqituvchi, aktivist, tadqiqotchilar va boshqa faollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Simpoziumda ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning Fransiyaning Strasburg shahrida 2019-yil 18-20-sentabr kunlari turar joy, oziq-ovqat va sayohat qilish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod yosh va faol boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz/fransuz tilini yaxshi bilishi lozim.
  4. Simpoziumda yosh siyosatchi, lider, tadqiqotchi, oʻqituvchi hamda boshqa faollar qatnashishlari mumkin.
  5. Nomzodlar ijtimoiy, iqtisodiy tenglik, siyosat bo`yicha tegishli bilimlarga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Simpoziumga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 22-aprelga qadar qabul qilinadi.

Ariza. Arizani koʻrsatilgan barcha qismlari koʻrsatilgan holda toʻldirish va dedlayngacha https://pjp-eu.coe.int/en/web/youth-partnership/application-form sahifasi orqali simpozium tashkilotchilariga jo‘natish kerak. Ariza quyidagi maʼlumotlarni qamrab oladi:

  • shaxsiy ma’lumotlar
  • rezyume;
  • til bilish;
  • qaysi sohaga tegishliligi;
  • oilaviy ahvoli;
  • ish joyi va lavozimi kabilar.

Simpozium haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Liderlik va faollik, jamoyat hayotida ishtirok etishga tayyorligi.
  2. Yoshlarning jamiyatdagi o`rni bo`yicha g`oyalari.
  3. Simpoziumning nomzod faoliyati va liderligida qanday ta’siri borligi.
  4. Simpozium doirasida hal etiladigan muammolar bo‘yicha takliflar bera olishi.
  5. Motivatsiyasi.
  6. Siyosiy jarayonlardagi ishtiroki.

Natijalar 2019-yil 15-mayda maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: youth-partnership@partnership-eu.coe.int

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!