×

Fransiya: Yoshlar forumi; barcha xarajatlar qoplanadi; joy – 60 tagacha!


Grant

MUHLAT

12.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

6419 marta

Council of Europening Yoshlar Departamenti Fransiyaning Strasburg shahrida o‘tkaziladigan World Forum for Democracy 2019 yoshlar forumida qatnashishga taklif etadi. Forumning bu yilgi mavzusi: “Information&Democracy” Ushbu forum huquq, demokratiya boʻyicha magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari va siyosatchi, jurnalistlar uchun mo‘ljallangan. Forumda 18-dan30 yoshgacha boʻlgan 50-60 nafar nomzod qatnashadi.

Forum 2019-yil 4-8-noyabr kunlari Fransiyaning Strasburg sharida bo‘lib o‘tadi. Nomzodlar Forumdan ikki kun avval, 3-noyabrda Strasburgga yetib kelishlari va 9-noyabrda Fransiyadan oʻz yurtlariga qaytishlari lozim.

Forum boʻlimlari:

  • Democracy dies in darkness: are we getting the information we need?
  • Information and the Future: lost in space or masters of our own fate?

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshgacha talabalar, huquqshunos, jurnalist va ijtimoiy soha vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

2019-yil 4-8-noyabr kunlari Fransiyaning Strasburg sharidagi qatnashadigan nomzodlarga 3-9-noyabr kunlari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Bepul turar joy bilan ta’minlanadi. Nomzodlar Yoshlar Markazining 1, 2 yoki 3 kishilik turar joy xonalariga joylashtitilishi mumkin. Imkoniyati cheklangan ishtirokchilarga oʻz ixtiyori bilan yozrdam bermoqchi boʻlgan nomzodlar ikki kishilik xonaga joylashtiriladi.
  • Bepul oziq-ovqat ajratiladi.
  • Fransiya ichida harakatlanish uchun transport xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul WiFi bilan ta’minlanadi.
  • *Istisno tariqasida chet ellik nomzodlarning safar va viza xarajatlari oldindan qoplab berilishi mumkin.

Forumda qatnashish uchun safar va viza xarajatlari ishtirokchilarga forum yakunlangandan keyin toʻlab beriladi. Buning uchun nomzod forum-oldi miting va Forumda toʻliq ishtirok etishi hamda Council of Europe talablariga mos keladigan kvitansiya va malumotnomalar taqdim etilishi lozim. Muhim: xarajatlar oldindan toʻlanmaydi!

*Faqatgina istisno tariqasida chiptalar avvaldan olib berilishi mumkin, yanada toʻliq ma’lumotni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki: shu yerdagi hujjatdan aniqlang.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza berishi mumkin.
  2. Nomzod taqdim etgan loyiha forum yo‘nalishiga mos kelishi kerak.
  3. Forumda 18 dan 30 gacha yoshdagi nomzodlar qatnasha oladi.
  4. Forumda huquq, demokratiya boʻyicha magistratura, doktorantura talabalari, ijtimoiy soha mutaxassislari va siyosatchi, jurnalistlar ishtirok eta oladi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Nomzod ariza bilan birga 1 minutlik videorolik topshiradi. Rolik YouTube tarmogʻiga joylashtirishi talab qilinadi.
  7. Nomzod demokratik jamiyat qurishga oid tashabbus bilan chiqqan boʻlishi lozim.
  8. Nomzod media, fake news, axborot va demokratiya haqidagi muammolar yuzasidan qaror qabul qlishga tayyor boʻlishi kerak.

Forumga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlarning arizalari 2019-yil 12-iyulga qadar qabul qilinadi.

Forumda qatnashish uchun ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Forumda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Ariza toʻldirishdan avval shu yerdagi qoʻshimcha hujjatlarni oʻqib chiqing.
  2. Ariza to‘ldirilayotganda tizimga 1 daqiqalik YouTube tarmogʻiga joylashtirilgan rolik ham yuklanadi. Rolikni qandy yuklash haqida yoʻriqnoma bilan: shu yerda tanishing. Rolik demokratik jamiyat qurishga toʻsiq boʻlayotgan muammo va unga nomzodning original hamda kreativ yechimi haqida boʻlishi lozim.
  3. Agar lozim boʻlsa, nodavlat tashkilot (NGO) rahbaridan (nomzod oʻsha yerda ishlayotgan boʻlsa) tavsiyanoma (a support letter) ham joʻnatiladi.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Hujjat topshirish bilan bogʻliq muammolar yuzasidan: WFDYouth@coe.int; texnik qiyinchiliklar tugʻilganda: youthapplications@coe.int manziliga murojaat qiling.

Nomzodlar demokratiya va axborot muammolariga doir taqdim etilgan noodatiy va kreativ g‘oya, innovatsiya, ijtimoiy ahamiyatlilik kabilarga asosan saralanadi.

Natijalar 2-sentabrda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: WFDYouth@coe.int; youthapplications@coe.int

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!