×

Fransiyada magistratura o’qish uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

17.05.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2745 marta

Universite Paris-Saclay dasturi unga a’zo Fransiyadagi universitetlarda magistratura bosqichida o’qish uchun butun dunyodan xalqaro talabalarni taklif qiladi. Dastur tadqiqotga qiziqqan talabalarga mo’ljallangan.

Mazkur grant taqdim qiladigan yo’nalishlarning ro’yxati SHU YERDA. Dasturda fransuz tilida yoki ingliz tilida qatnashishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

30 YOSHDAN OSHMAGAN XALQARO TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • Ta’lim xarajatlari;
  • Ishtirokchi davlatidan Fransiyaga kelish hamda viza xarajatlari uchun ko’pi bilan 1000 yevro;
  • Mazkur grantni qo’lga kiritgan chog’da aynan shu dastur uchun boshqa joydan grant olish mumkin emas;

Talablar:

Kim uchun:

Mazkur dastur o’qish boshlangungacha 30 yoshdan oshmagan va Fransiya fuqarosi bo’lmagan barcha talabalarga ochiq. Tilni bilishni tasdiqlovchi test natijalariga ega bo’lish ariza jarayonida talab etilmaydi, ammo ba’zi dasturlar bunday talab qo’yishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Universitetdagi o’qishga va uning xarajatlarini qoplash uchun grantga alohida ariza to’ldiriladi.

  1. SHU YERDAN o’zingizga mos keladigan yo’nalish bo’yicha o’qishni tanlaganingizdan so’ng, mazkur yo’nalish sahifasi orqali onlayn shaklda ariza to’ldirasiz.
  2. Grantga ariza to’ldirish uchun SHU YERDAN “application information.doc” ariza shaklini yuklab olib, to’ldirasiz va unga kerakli ilovalarni qo’shib, hammasini bitta PDF fayl qilasiz hamda sizning yo’nalishingizdagi o’qishga mas’ul bo’lgan shaxsga email orqali yuborasiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!