×

Fransuz tili boʻyicha Markaziy Osiyo olimpiadasi!


Grant

MUHLAT

04.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2824 marta

Markaziy Osiyoda fransuz madaniy tarmogʻi fransuz tili boʻyicha navbatdagi onlayn Olimpiadani tashkil etmoqda. Unda Markaziy Osiyoning 5 ta respublikasidagi (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) fransuz tilidan xabari bor boʻlganlar qatnashishi mumkin. Olimpiada ishtirok etish bepul

Olimpiadada quyidagi 7 toifa boʻyicha qatnashishi mumkin:

  1. Fransuz tilidan mutaxassisligi BO’LMAGAN talabalar (boshqa mutaxassislig sohiblari): boshqa mutaxassislikka ega bo’lgan, yo’nalishida fransuz tili asosiy fan bo’lmagan talabalar.
  2. F

Olimpiada 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:

  • Birinchi bosqich: 9 aprel – onlayn yozma qism (test)
  • Ikkinchi bosqich: 10 aprel – onlayn yozma qism (diktant)
  • Uchinchi bosqich: 19/20 aprel – hakamlar hay’ati bilan onlayn og’zaki qism

Olimpiadada qatnashish uchun til sertifikati talab etilmaydi.

Grant kimlar uchun?

Fransuz tilidan xabari bor 14 yoshdan katta nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Har bir toifadagi laureatlar olgan oʻrniga va profilga qarab turli xil sovrinlar bilan taqdirlanadi: fransuz tili kurslari, lingvistik
    yozgi amaliyotlar, abonementlar, kitoblar.
  • Barcha ishtirokchilar ishtirok etganligi haqida guvohnomani qo’lga kiritadilar.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Markaziy Osiyo davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) fuqarolari qatnashishi mumkin.
  • 14 yoshdan katta (2008-yil 31-dekabrgacha tug’ilganlar) boʻlgan va fransuz tilidan xabari borlar oʻz toifasi boʻyicha qatnasha oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada qatnashish uchun Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 3-aprel, soat 15:00 gacha BU YERDA roʻyxatdan oʻtish lozim.

MUHIM: Avvalo, olimpiada reglamentini toʻliq oʻqib chiqing. Unda olimpiada bosqichlari, ularning qaysi kunlari va soat nechchida oʻtkazilsihi hamda boshqa muhim maʼlumotlar batafsil keltirilgan.

Savollar yuzasidan olympiadesregionales@gmail.com elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!