×

Free Electrons: startaplar uchun Dubay, Melburn, Gong Kong, Lizbon va Dublinda bo’ladigan rivojlantirish dasturi; turar joy va yo’l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

29.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

2040 marta

Startap kompaniyalar uchun Free Electrons dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda akseleratorlar, maslahatchilar va energetika sohasidagi yirik kompaniya vakillari ishtirokida uchrashuvlar, loyihani rivojlantirish uchun amaliy mashg’ulotlar, topshiriqlar va yaqinda ishga tushgan startap kompaniyalarni kengaytirish uchun zaruriy barcha qadamlarni o’z ichiga oladigan treninglar o’tkaziladi. Dasturga o’z faoliyatini boshlab ulgurgan, biznes modeli va jamoasiga ega, lekin hali butunlay rivojlanib ulgurmagan, energetika sohasidagi startap jamoalari saralab olinadi va dunyo bo’ylab o’tkaziladigan treninglarda ishtirok etadi.

Ushbu dastur may oyidan noyabr oyigacha dunyoning 5 ta shahrida bo’lib o’tadigan dasturlardan iborat.

24-27 may kunlari Dubay shahrida Bootcamp dasturi bo’ladi. Dasturda shu bosqichgacha yetib kelgan jamoalar loyihalarini maslahatchilar, ekspertlar va dunyoning taniqli energetika kompaniyalariga o’z loyiha va jamoa a’zolarini tanishtiradi. Bu bosqichda barcha ishtirokchilar loyiha sifati, mazmuni va boshqalar asosida baholanib, ularning bir qismi keyingi treningga qabul qilinadi. Keyingi treninggacha startaplarga topshiriqlar beriladi.

Keyingi bosqich 21-24 iyun kunlari Melburn shahrida bo’ladi. Bu bosqichda yirik kompaniyalar va ularga mazmun hamda faoliyat jihatdan yaqin startaplar biriktiriladi. Masalalar va ularga yechim bo’la oladigan startaplar aniqlanadi, ekspertlar, keys masalalari yordamida loyihani kengaytirish yo’llari, kompaniyalar bilan hamkorlik qilish masalalari o’rganib chiqiladi. Keyingi bosqich uchun topshiriqlar beriladi.

Keyingi bosqich 28-29 iyul kunlari Lissabon shahrida o’tkaziladi. Yirik kompaniyalar va startaplar hamkorlik shartnomalarini kelishish va birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni ishlab chiqishda davom etadi. Keyingi bosqichgacha yo’l-yo’riqlar ko’rsatiladi.

Keyingi bosqich 23-24 sentyabr kunlari Gong Kongda bo’lib o’tadi. Bunda loyiha rivojida erishilgan yutuqlar muhokama qilinadi, keyingi tuzatishlar kiritiladi.

Oxirgi bosqich 9-11 noyabr kunlari Dublin shahrida bo’ladi. Investorlar, hamkorlar va ishtirokchi startaplarning kelishuvlari tasdiqlanadi va taqdirlash marosimlari bo’lib o’tadi. Dasturdan keyin hamkorlar o’rtasida muloqot va hamkorlik davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Startaplar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etayotgan startaplar yirik kompaniyalarning resurslaridan foydalanib, o’z loyihalarini amalda sinovdan o’tkazishlari mumkin. Bunda ularga sarmoya ham kiritiladi.

Turli shaharlarda bo’ladigan treninglar uchun yo’l xarajatlari qoplab beriladi va ishtirokchilar turar joy bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Dasturda o’z faoliyatini boshlagan, biznes modeli va o’z jamoasiga ega startaplar ishtirok etish mumkin.
  • Dasturga qabul uchun ariza bergan loyihalar g’oyaning muhimligi, foydaliligi, sifati, jamoaning mahorati, g’oyaning ifodalanishi va boshqalarga asosan saralanadi.
  • Mashg’ulotlar ingliz tilida bo’ladi. Startap jamoalari ingliz tilini bilishlari kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Bu yerda hujjat topshirishingiz mumkin. Ariza topshirishning so’nggi kuni – 29-mart. Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar (FAQ) bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!