Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Freigeist Fellowship grant dasturiga arizalar e’lon qilinmoqda. Dastur PhD darajasiga ega tadqiqotchilarga Germaniyada 5(+3) yoki 6(+2) yil istalgan soha va mavzuda tadqiqot olib borish imkonini beradi. Tadqiqot dasturiga PhD diplomini olganiga1-4 yil bo’lgan, kuchli tadqiqot layoqati va tajribasiga ega yosh olimlar qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarga kamida 5 yil davomida grant beriladi. Bunda tadqiqotchi olib borayotgan tadqiqot uchun kerakli barcha xarajatlar hisoblab, qoplab beriladi. Bunda grantning umumiy miqdori (5+ yil davomida) 2 million yevrodan oshmasligi kerak.
Talablar:
- Nomzod PhD diplomini olganiga 1-4 yil bo’lgan bo’lishi kerak.
- Nomzod istalgan mavzuda tadqiqot qilishi mumkin. Tadqiqot sifatli, kerakli va puxta bo’lishi lozim.
- Nomzod istalgan davlatda, shuningdek, Germaniyada tadqiqot qilish uchun grant olishi mumkin, lekin tadqiqot vaqtida o’zining odatiy ish joyidan boshqa joyda tadqiqot qilishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga 2021-yil 1-aprelgacha hujjat topshirish mumkin. Bunda 2020-2021 va 2021-2022 yilgi dasturlar uchun ikkita qabul uchun bitta deadline belgilangan. Hujjat topshirishni boshlash uchun bu yerga bosing.
Kerakli hujjatlar:
- Biriktirilgan xat (cover letter)
- Tadqiqot loyihasining nemis tilidagi nusxasi (1 bet)
- Tadqiqot loyihasining ingliz tilidagi nusxasi (1 bet)
- Loyiha uchun 1 betli yoki 2 minutdan oshmagan prezentatsiya
- Tadqiqot taklifi (15 betdan oshmaydi)
- Bibliografiya
- Loyihaga kerakli xarajatlar tahlili
- Qiymati 10 000 yevrodan ortiq mahsulotlar uchun ariza
- CV
- PhD diplomi va baholari
- Nomzod tadqiqot qiladigan muassasadan tasdiqlash xati.
Murojaat:
barre@volkswagenstiftung.de – gumanitar va ijtimoiy fanlar uchun
grewe@volkswagenstiftung.de – muhandislik va tibbiyot uchun
kurz@volkswagenstiftung.de – hujjat topshirish bo’yicha muammolar bilan muammolar uchun