×

Freigeist Fellowship: dunyo bo’ylab tadqiqot uchun 2,2 million yevrogacha grant!


Grant

MUHLAT

01.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

517 marta

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Freigeist Fellowship grant dasturiga arizalar e’lon qilinmoqda. Dastur PhD darajasiga ega tadqiqotchilarga Germaniyada 5(+3) yoki 6(+2) yil istalgan soha va mavzuda tadqiqot olib borish imkonini beradi. Tadqiqot dasturiga PhD diplomini olganiga1-4 yil bo’lgan, kuchli tadqiqot layoqati va tajribasiga ega yosh olimlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarga kamida 5 yil davomida grant beriladi. Bunda tadqiqotchi olib borayotgan tadqiqot uchun kerakli barcha xarajatlar hisoblab, qoplab beriladi. Bunda grantning umumiy miqdori (5+ yil davomida) 2 million yevrodan oshmasligi kerak.

Talablar:

  • Nomzod PhD diplomini olganiga 1-4 yil bo’lgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod istalgan mavzuda tadqiqot qilishi mumkin. Tadqiqot sifatli, kerakli va puxta bo’lishi lozim.
  • Nomzod istalgan davlatda, shuningdek, Germaniyada tadqiqot qilish uchun grant olishi mumkin, lekin tadqiqot vaqtida o’zining odatiy ish joyidan boshqa joyda tadqiqot qilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga 2021-yil 1-aprelgacha hujjat topshirish mumkin. Bunda 2020-2021 va 2021-2022 yilgi dasturlar uchun ikkita qabul uchun bitta deadline belgilangan. Hujjat topshirishni boshlash uchun bu yerga bosing.

Kerakli hujjatlar:

  • Biriktirilgan xat (cover letter)
  • Tadqiqot loyihasining nemis tilidagi nusxasi (1 bet)
  • Tadqiqot loyihasining ingliz tilidagi nusxasi (1 bet)
  • Loyiha uchun 1 betli yoki 2 minutdan oshmagan prezentatsiya
  • Tadqiqot taklifi (15 betdan oshmaydi)
  • Bibliografiya
  • Loyihaga kerakli xarajatlar tahlili
  • Qiymati 10 000 yevrodan ortiq mahsulotlar uchun ariza
  • CV
  • PhD diplomi va baholari 
  • Nomzod tadqiqot qiladigan muassasadan tasdiqlash xati. 

Murojaat:

barre@volkswagenstiftung.de – gumanitar va ijtimoiy fanlar uchun

grewe@volkswagenstiftung.de – muhandislik va tibbiyot uchun

kurz@volkswagenstiftung.de – hujjat topshirish bo’yicha muammolar bilan muammolar uchun

Batafsil ma’lumot

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!