×

Friend-Ship Screenshot Competition: video qo’ng’iroqlaringizdan skrinshot olib, 500 funt sterling yutib oling!


Grant

MUHLAT

29.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1969 marta

Friend-Ship Screenshot Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda ishtirok etish uchun oila a’zolaringiz, do’stlaringiz va boshqa yaqinlaringiz bilan video qo’ng’iroq orqali suhbatingizdan skrinshot tushirishingiz kerak. Eng kreativ, o’ziga xos skrinshot esa tanlovda g’olib deb topiladi.

Tanlov tashkilotchilaridan ishtirokchilarga yo’llangan xabar:

“2020-yilda butun dunyo karantinga qamaldi. Millionlab insonlar yaqinlari bilan yuzma-yuz ko’rishish imkonidan mahrum bo’ldi. Yaqin insonlarimiz bilan aloqani tiklash va o’zaro muloqot qilishning esa yangicha usullariga moslashdik. Shu orqali bir-birimizni qo’llab-quvvatladik, pandemiya sababli paydo bo’lgan qo’rquv va xavotirlarimizni birgalikda yengdik. 

Onlayn tarzda muloqot orqali esa ijtimoiy izolyatsiya yaqinlar bilan muloqotni cheklay olmasligini tushundik. Bugun video qo’ng’iroqlar muloqotning asosiy ko’rinishiga aylandi va hayotimizdagi og’ir damlarni yengib o’tishda muhim o’rniga ega bo’ldi. Dunyo bo’ylab har 40 soniyada o’rtacha bir inson o’z joniga qasd qiladigan bugungi zamonimizda o’z joniga qasd qilishning asosiy sabablaridan biri yolg’izlik hisoblanadi. Do’stlik va o’zaro muloqot shuning uchun ham hayotimizda muhim o’rin tutadi. Karantin vaziyatida esa muloqot qilishda video qo’ng’iroqlar juda muhim vazifani bajaradi. Friend-ship tanloviga yaqinlaringiz bilan video qo’ng’iroqlardan tushirilgan skrinshotlarni taqdim eting. Skrinshotlarda do’stlik, bir-birini qo’llab-quvvatlash, o’zaro hamjihatlik va mehr-muhabbat aks etishi kerak.”

Tanlovga tayyorlangan skrinshotlar mobil qurilma, planshet yoki kompyuterda olinishi mumkin. Skrinshot qanday olinganligining esa ahamiyati yo’q! Skrinshotda o’ziga xos mazmun va kreativlik bo’lsa bas. 

Tanlovga topshirilgan skrinshotlar taniqli mutaxassislar tomonidan baholanadi. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov g’olibiga 500 funt sterling taqdim etiladi.

Talablar:

  • Tanlovda barcha yosh, millat va davlat vakillari ishtirok etishlari mumkin. 
  • Tanlovga bitta ishtirokchi tomonidan bitta skrinshot taqdim etiladi.
  • Skrinshot istalgan qurilma (mobil qurilmalar, kompyuter va hokazo) orqali tushirilgan bo’lishi mumkin.
  • Skrinshot muallif tomonidan tushirilgan bo’lishi lozim.
  • Skrinshotning tanlovga topshirilishiga skrinshotda ko’rsatilgan shaxs rozilik bergan bo’lishi lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yil 29-yanvarga qadar qabul qilinadi. Arizalar bu yerda to’ldiriladi. Ariza topshirishda tushirilgan skrinshotga ingliz tilida izoh qoldirish talab etiladi. Masalan, skrinshot olingan video qo’ng’iroqda kim bilan suhbatlashdingiz, gap nima haqida ketdi va qo’ng’iroq maqsadini qisqacha (30 so’z) yozishingiz mumkin. 

Skrinshot JPG formatida, imkon qadar yuqori sifatda, ismingiz bilan saqlanishi lozim. Masalan, Laylo-Abdullayeva.jpg kabi nomlangan skrinshotlar to’g’ri nomlangan hisoblanadi. Undan tashqari, arizaga CV ham ilova qilish zarur. 

G’olib deb topilgan skrinshotlar 2021-yil fevralda onlayn tarzda namoyish qilinadi. 

Skrinshotlarni yuklashda muammolarga duch kelsangiz yoki savollaringiz bo’lsa, one@youmanity.com elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!