×

Fulbright: AQShda magistaturada o’qish uchun to’liq grant, oylik stipendiya va borib-kelish uchun aviachipta!


Grant

MUHLAT

26.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

34108 marta

Fulbright Foreign Student Program grant dasturi magistratura bosqichini AQSh oliygohlarida oʻqimoqchi boʻlgan O’zbekistonlik yoshlarni oʻzining navbatdagi grant dasturida qatnashish uchun ariza topshirishga taklif etadi. Hozirda 2024-yildan boshlanadigan magistratura kurslarida o’qishni xohlovchi nomzodlardan arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar toʻgʻridan-toʻgʻri bemorlarga gʻamxoʻrlik qilishni talab etuvchi tibbiyot yoʻnalishlaridan tashqari barcha sohalar uchun beriladi. Tibbiyot yoʻnalishi bitiruvchilari kimyo, biologiya, jamoat salomatigi yoki shifoxona boshqaruvi kabi sohalar boʻyicha magistraturaga ushbu dasturga topshirishi mumkin.

Dastur doirasida har yili oʻrtacha 2-4 nafar O’zbekistonlik talabalar uchun grant o’rinlari ajratiladi. Har yili mazkur grantga hujjat topshiruvchilar oʻzbekistonliklar soni esa oʻrtacha 130-150 nafarni tashkil qiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  1. O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
  2. Talabalarga oylik stipendiya ajratiladi.
  3. Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
  4. J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
  5. Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi
  6. O’zbekistondan AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  1. Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi hamda ariza topshirish va saralash jarayoni davrida Oʻzbekistonda istiqomat qilishi kerak.
  2. Bakalavrlik diplomiga ega boʻlish kerak.
  3. Kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlish kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Nomzoddan TOEFL va GRE/GMAT sertifikatlari talab etiladi. Biroq ariza topshirish jarayonida bunday sertifikatga ega boʻlmaganlar ham hujjat topshira oladi. Hujjat topshirish bosqichidan oʻtganlardan kerakli sertifikat imtihonini topshirish va sertifikatni taqdim etish soʻraladi. Agar ariza topshirish jarayonida soʻralgan sertifikatga ega boʻlsangiz, uni ham birdan topshirishingiz mumkin.
  5. Dastur faqat magistratura bosqichida o’qish uchun mo’ljallangan.
  6. Dasturda avval magistratura bosqichini tamomlagan nomzodlar ham ishtirok etishlari mumikin.

Dasturga qabul jarayoni:

2024-2025-o’quv yili uchun arizalar 2023-yilning 25-may, 18:00 gacha topshirilishi zarur. Buning uchun  nomzod orqali onlayn ariza to’ldirish hamda so’ralgan hujjatlarni kerakli o’rinlarga yuklash yetarli bo’ladi (dastlab ariza topshirish uchun akkaunt ochish kerak; oldin akkaunt ochgan boʻlsangiz, oʻsha akkauntingiz orqali topshirsangiz ham boʻladi). Dasturga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.

Dastur doirasida har yili 2-4 ta O’zbekistonlik talabaga AQSh oliygohlarida 2 yillik magistratura kursida o’qish imkoniyati beriladi. Dastur g’oliblarining qaysi oliygohda o’qishi Institute for International Education (IIE) va Fulbright Foreign Student Program tomonidan belgilanadi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling. Koʻp soʻraladigan savollarga javoblar bu yerda.

Kerak boʻladigan asosiy hujjatlar:

  1. Bakalavriat dilomi; agar boʻlsa, magistratura diplomi ham.
  2. Baholar/diplom ilovalari.
  3. 3 ta tavsiyanoma.
  4. TOEFL sertifikati (agar mavjud bo’lsa).
  5. GRE/GMAT sertifikat (agar mavjud bo’lsa).
  6. CV.
  7. Oʻqish rejasi (Study Plan).
  8. Shaxsiy bayonot (Personal Essay).

Yuqoridagilar umumiy hujjatlar boʻlib, ulardan tashqari topshirilishi / yozilishi kerak boʻlgan majburiy va ixtiyoriy hujjatlar ham mavjud. Hujjatlarni tayyorlash, onlayn ariza topshirish va kerakli hujjatlarning toʻliq roʻyxati bilan batafsil SHU YERDA tanishib chiqishingiz lozim.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant AQSH elchixonasining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Barcha maʼlumotlar bilan tanishib chiqqandan keyn ham savollaringiz boʻlsa, TashkentFulbright@state.gov elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Email yozganda mavzuga (subject) “2024 Fulbright Foreign Student Program” deb yozilishi kerak.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!