×

Maktab, kollej va litsey o’qituvchilari uchun Fulbright TEA Media Literacy dasturi: AQShda 6 haftalik malaka oshirish dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

22.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11814 marta

Oʻzbekistondagi AQSh elchixonasi oʻqituvchilar uchun moʻljallangan The 2022 Fulbright Teaching Excellence and Achievement (TEA) Program – Media Literacy Cohort dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur oʻrta maktab, kollej va litseylarda dars beruvchi oʻqituvchilarga AQSHda 6 hafta davomida malaka oshirish imkonini beradi.

Ishtirokchi oʻqituvchilar 2023-yilning yanvar yoki sentabr oyida AQSHga joʻnab ketadi hamda quyidagi mavzularga yoʻnaltirilgan seminarlarda qatnashadi: tarafkashlik/targʻibot, stereotiplar va notoʻgʻri maʼlumotni ajratib olish; oʻquvchilarning tanqidiy fikrlashi, tahliliy va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish strategiyalari; media savodxonligi qanday qilib fuqarolarning jamiyatdaggi ishtiroki/medianing rolini qoʻllab-quvvatlaydi; sinfxonada kiberxavfsizlik va raqamli fuqarolik; texnologiyalar boʻyicha malaka oshirish.

Oʻqituvchilar tanlangan mezbon universitetga joylashtiriladi. Dastur media savodxonlik va tanqidiy fikrlashga qaratilgan kontentdan iborat kurs ishini ham oʻz ichiga oladi.

Dastur, shuningdek, 40 soatlik amaliyotni ham oʻz ichiga oladi, bunda ishtirokchi oʻqituvchilar ingliz tili, ijtimoiy fanlar, tarix, fuqarolik huquqi, kommunikatsiyalar, jurnalistika, matematika yoki tabiiy fanladan dars beruvchi AQSHlik hamkor oʻqituvchi bilan birga mahalliy oʻrta maktabdagi mashgʻulotlarda qatnashadi.

Dastur ishtirokchilarni taʼlim berish jarayonida foydalanish mumkin boʻlgan amaliy resurslar, shuningdek, media savodxonligi boʻyicha trenerlarni oʻqitish koʻnikmalari bilan taʼminlaydi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlab, Oʻzbekistonga qaytgandan keyin oʻqituvchilar asosiy taʼlim materiallari, boshqa oʻqituvchilar uchun treninglar, ishtirokchi Amerika maktablari va Oʻzbekistondagi oʻqituvchi ishlaydigan maktab oʻrtasidagi hamkorlik loyihalari hamda tajriba almashishga xizmat qiluvchi boshqa mashgʻulotlar uchun kichik grantlarga ariza topshirishi mumkin boʻladi.

Grant kimlar uchun?

Maktab, kollej, litsey o’qituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalanadi:

  • J-1 viza olishda yordam.
  • Joʻnab ketishdan oldingi kerakli maʼlumotlar beriluvchi mashgʻulot.
  • AQSHga borish va kelish uchun, shuningdek AQSH ichida harakatlanish uchun aviachiptalar.
  • Mezbon universitetda kutib olish tadbiri.
  • Akademik dasturga qatnashish haqlari toʻliq qoplanadi.
  • Bepul turar joy (odatda boshqa ishtirokchilar bilan birga turiladi) va oziq-ovqat.
  • Baxtsiz hodisalar va xastalik boʻyicha tibbiy sugʻurta (sugʻurta avvaldan mavjud kasalliklarni qoplamaydi).
  • Amaliyot oʻtaladigan maktabga qatnash uchun transport taʼminalanadi (agar zarur boʻlsa).
  • Akademik dastur davomidagi qoʻshimcha xarajatlar uchun kunlik mablagʻ.
  • Kitob/kasbiy rivojlanish uchun mablagʻ.
  • Yuk uchun mablagʻ;
  • Vashingtonda dastur yakuni boʻyicha tadbir.
  • Dastur yakunlangach kichik grantlarga ariza berish imkoniyati (bu dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlar uchun).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi lozim:

  • Oʻrta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollajlarida toʻliq stavka asosida ishlaydigan va ingliz tili, xorijiy til sifatida ingliz tili, matematika, ijtimoiy fanlar, fuqarolik huquqi, tarix, global tadqiqotlar, media tadqiqotlari, kommunikatsiyalar, jurnalistika, huquq, matematika yoki tabiiy fanlardan dars beruvchi oʻqutuvchilar dasturga ariza topshirishi mumkin. Shuningdek, oʻituvchi ishlaydigan taʼlim muassasasi asosan mahalliy aholini oʻqitishga qaratilgan boʻlishi kerak.
  • Dastur boshlanguniga qadar (2023-yil yanvar yoki sentabrga qadar) kamida 3 yillik toʻliq stavkada dars berish tajribsiga ega boʻlish lozim.
  • Oʻzbekiston fuqarosi va rezidenti boʻlish kerak.
  • Kamida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak. MUHIM: ariza topshirish vaqtida nomzodlardan til sertifikati talab etilmaydi. Saralashning yarim final bosqichiga oʻtganlar 2022-yil may oyida TOEFL imtihonini topshirishi va kamida 45-46 ball olishi lozim. TOEFL imtihoni AQSh elchixonasi tomonidan tashkillashtiriladi.
  • 21-asrda media savodxonligi va tanqidiy fikrlash sohasida tajriba yoki shu sohaga qiziqishga ega boʻlish kerak.
  • Dastur yakunlangandan keyin dars berishda davom etishga ahd qilgan boʻlish kerak.
  • Ariza va boshqa kerakli hujjatlarni qabul muddati tugashidan oldin toʻliq topshirishi kerak.
  • Nomzodlar arizalar qabuli davrida Oʻzbekistonda boʻlishi kerak.

Eslatma: Dastur oʻrta taʼlim oʻqituvchilari uchun. Oʻrta taʼlim oʻqituvchilari deyilganda taxminan 12-18 yoshdagi oʻquvchilarga dars beruvchi oʻrta maktablar va yuqori maktablar (kollej/litsey) oʻqituvchilari tushuniladi. Agar oʻqituvchi boshqa sinflarga (masalan, boshlangʻich sinflarga) ham bir vaqtda dars bersa, oʻrta va yuqori maktablarda oʻzi oʻqitayotgan oʻquvchilarining ulushi 50% dan koʻp boʻlishi kerak.

Yuqoridagi talablarga mos nogironligi boʻlgan oʻqituvchilarning ushbu dasturga ariza topshirishi ragʻbatlantiriladi.

Shuningdek, oxirgi 3 yil ichida Study of the United States Institutes (SUSI) yoki International Visitor Leadership Program (IVLP) for professional development kabi almashinuv dasturlari orqali AQSHda borgan nomodlar Fulbright TEA dasturiga ariza topshira olmaydi. Biroq Online Professional English Network (OPEN) onlayn kurslari yoki Massive Open Online Courses (MOOCs) kabi onlayn dasturlarda qatnashganlar Fulbright TEA dasturiga ariza bera oladi. 

Fulbrigt TEA ariza va hujjatlarda taqdim etilgan barcha maʼlumotlarni tekshirish va tasdiqlash huquqiga ega. Agar biror nomzod notoʻgʻri, farqli yoki yolgʻon maʼlumot berilgan boʻlsa, uning ariza bekor qilinadi/koʻrib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 22-martga, soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi.

MUHIM: Onlayn ariza topshirishni boshlashdan oldin onlayn ariza topshirish boʻyicha qoʻllanma bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza topshrishda onlayn ariza toʻliq toʻldirilishi va quyidagi hujjatlar tizimga quyidagi hujjatlar ham yuklanishi kerak:

  1. Muassasaning qoʻllab quvvatlovi va tavsiyanoma shakli (Institutional Support and Reference Form). Bu oʻqituvchi ishlaydigan taʼlim muassasasidagi oʻqituvchining narozatchisi (rahbari yoki oʻqituvchi faoliyatini nazorat qilishga masʼul mansabdor) tomonidan toʻldirishi kerak; ingliz tilidan boshqa tilda yozilsa, inglizcha tarjimasi ham qoʻshib topshirilishi kerak. Bu shaklni onlayn ariza tizimidan yuklab olish mumkin.
  2. Vaqtincha ketishga ruxsat shakli (Leave Approval Form). Bu oʻqituvchi ishlayotgan taʼlimmuassasasi direktori tomonidan imzolanishi kerak. Ushbu shaklni onlayn ariza tizimidan yuklab olishingiz mumkin.
  3. Qoʻshimcha hujjatlar: pasport nusxasi, rezyume va h.k.lar.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Email: TashkentEnglish@state.gov (email yozganda mavzu (subject) qismiga “Fulbright TEA Media Literacy” deb yozish lozim).
Tel.: (+998-78) 140-2432

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!