×

Oksford universiteti: 130 ta to’liq grant va yillik stipendiya!


Grant

MUHLAT

25.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

22580 marta

Calerdon fondi har yili 130 dan ortiq xalqaro talabaga Oksford universiteti magistratura va doktorantura (DPhil) bosqichida ta’lim olish uchun to’liq qoplanadigan stipendiya dasturini taqdim etadi. Ushbu dasturning maqsadi – iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Ta’lim olish sohasi: Nomzod Oksford universiteti magistraturasida mavjud bo’lgan har qanday soha/yo’nalishni tanlashi mumkin. Dasturga to’liq (full-time) ravishda o’qishni istovchilar ham, noto’liq (part-time) ravishda o’qishni xohlovchilar ham topshirishlari mumkin. Sohalarga hujjat topshirish muddati bir-biridan farq qiladi, lekin barcha yo’nalishlarning hujjat qabul qilish muddatlari, odatda, yanvar oyi oxirlarida tugaydi.

Stipendiya ajratilishi mo’ljallangan talabalar soni: 130 ta.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiyani qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Ta’lim puli (tuition fee) to’liq to’lab beriladi.
  • To’liq (full-time) ta’lim olayotganlar Oksfordda hayot kechirish uchun yetarli miqdordagi yillik stipendiya bilan ta’minlanadi (yiliga taxminan 14 ming 777 funt sterling).

Talablar:

  1. Davlatlar. Ushbu dasturga istalgan davlat fuqarosi bo’lgan xalqaro nomzod topshirishi mumkin.
  2. Ilmiy darajasi. Bakalavr diplomiga ega nomzodlargina topshira oladi. Istalgan magistrlik yo’nalishlaridan biriga yoki DPhil kursalariga topshirgan nomzodlar uchubu dasturda ishtirok etishi mumkin. Magistrlik va undan yuqori bosqich diplomiga ega bo’lganlar dasturda qatnasha olmaydi.
  3. Til bilish darajasi. Nomzod o’zi topshirayotgan kurs/magistrlik sohasi uchun belgilangan til bilish darajasi shartlariga javob berishi va til bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS) taqdim qilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oksford universiteti magistrlik sohalaridan biri yoki DPhil kurslaridan biriga hujjat topshirgan nomzod avtomatik tarzda Calerdon stipendiya dasturiga hujjat topshirgan hisoblanadi va ushbu dastur uchun alohida ariza yoki qo’shimcha hujjatlar topshirish shart emas. Biroq nomzod hujjat topshirish muddatlarini o’tkazib yubormasligi lozim (Tibbiy fanlar, Falsafa, Siyosatshunoslik, Xalqaro aloqalar yo’nalishlari uchun hujjat topshirish muddati 2019-yil 10-yanvargacha; boshqa barch yo’nalishlar 25-yanvargacha. Hujjat topshirish muhlatlarini yanada aniqlashtirish uchun o’zingiz topshirmoqchi bo’lgan yo’nalishni tanlab, ko’rib chiqish tavsiya etiladi). Qanday hujjatlar topshirilishini Oksford universiteti saytida tanlangan yo’nalish bo’limidan ko’rib olinishi kerak.

Nomzodlarga imkon qadar ertaroq hujjatlarni topshirish tavsiya etiladi.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Calerdon fondi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!