×

Fumetto Competition 2021 komikslar tanlovi: g’oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar


Grant

MUHLAT

04.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1117 marta

Komiks yaratishga qiziquvchi ijodkorlar uchun Fumetto Competition 2021 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning bu yilgi mavzusi – Without Borders (ma’nosi: chegarasiz).

Ishtirok etish uchun ijodkorlar cheklovlarsiz, chegaralarsiz hayotni o’zlari tasavvur qilgandek aks ettirishlari kerak. Komikslar 2021-yil 20-28 mart kunlari Shveytsariyada bo’lib o’tadigan Fumetto Comic Festival Lucerne festivalida namoyish qilinadi.

Chegarasiz bo’lish ko’p narsalarni anglatishi mumkin. Bu kimgadir ozodlik, eyforiya hissini bersa, kim uchundir ishonchsizlik va qo’rquvni eslatadi. Siz o’zingizni erkin deb hisoblaysizmi? Shaxsiy chegaralaringiz bilan qayerda to’qnashasiz? Barcha chegaralarni yengib o’tish uchun biz yangi ko’priklar qurishimiz mumkin, imkoniyatlar cheksiz! Bularning barchasi siz uchun nimani anglatadi, o’zingiz uchun bu imkoniyatni qanday yaratasiz? O’zingizni hozir qayerda tasavvur qilasiz va siz uchun chegarasiz yashash nimani anglatadi? Bizga o’z tasavvurlaringizni komiks ko’rinishida chizib bering”.

Tanlovda uchta kategoriya bo’yicha ishtirok etish mumkin:

  • 12 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilar
  • 13-17 yoshli ishtirokchilar
  • 18 yoshdan katta ishtirokchilar.

Grant kimlar uchun?

Komiks yaratishga qiziquvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir kategoriya bo’yicha 3 nafardan g’olib aniqlanadi. G’oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Mukofot miqdorini tanlov tashkilotchilari ma’lum qiladilar. Bu haqidagi savollaringizni comix@fumetto.ch manziliga yuborishingiz mumkin 

G’olib chiqqan va eng yaxshi deb topilgan komikslar ko’rgazmaga qo’yiladi. Tomoshabinlar ham komikslarga ovoz berish orqali “People’s choice” sovrindorini aniqlaydilar. 

Talablar:

  • Tanlovda barcha yosh va millat vakillari ishtirok etishlari mumkin. 
  • Tanlovga bitta ishtirokchi bitta komiks taqdim etishi mumkin. Komiks 4 betdan oshmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun chizgan komikslaringizni tekis konvertga solib, pochta orqali yuborishingiz kerak. 

Ariza yuborishning so’nggi muhlati – 4-yanvar. Ariza topshirish uchun:

  1. Ariza shaklini to’ldiring.
  2. Ariza to’ldirganingizdan so’ng sizga email orqali maxsus raqam yuboriladi. Emailni va arizani qog’ozga chop etib oling. Hujjatlar A3 yoki A4 formatida bo’lishi shart.
  3. Komiks ham qog’ozga chop etiladi. Har bir betning orqa tarafiga ism, familiya, yashash manzili, Email manzili, maxsus raqam, tug’ilgan yil va sahifa raqami yozilishi kerak.
  4. Hujjatlarni quyidagi manzilga 4-yanvargacha yuboring: 

Fumetto Wettbewerb, Rössligasse 12, CH–6004 Lucerne, Switzerland.

Arizalari tanlovga yetib borgan va qabul qilingan nomzodlarga fevral oyi o’rtalarida xabar yuboriladi. Pochta xizmati tezligini hisobga olgan holda, kechikmaslik uchun arizalarni ertaroq yuboring. Yuborilgan konvert sizga qaytib jo’natilishi uchun 15 yevro to’lovni amalga oshirish kerak bo’ladi. Agar qayta yuborish uchun pochta markasini olmasangiz, jo’natilgan hujjatlaringiz qayta yuborilmaydi. 

Tanlov tashkilotchilari ishtirokchilarning hujjatlari solingan konvertlarni avgust oyidan boshlab ishtirokchilarning manziliga qaytarib jo’natishadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!