×

Future Folklore qisqa hikoyalar tanlovi: mukofot – 400 AQSH dollarigacha!


Grant

MUHLAT

09.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2233 marta

Future Folklore – bu iqlim oʻzgarishi boʻyicha odil tashabbuslar amalga oshirilayotgan dunyoni ifodalovchi (tasavvur qiluvchi) nazariy badiiy tanlovdir.

Bunda ishtirokchilardan iqlim inqiroziga javoban hikoya yozish soʻraladi. Hikoyada muallifning tasavvurlari aks etishi kerak. Hikoyada 10 yildan keyingi jarayonlar aks etgan boʻladimi yoki 200 yildan keyinmi, ular muallifning oʻtmishdagi va bugungi kundagi texnologiyalar, amaliyotlar hamda qadriyatlarning qay tarzda yangilanishini tasavvur qilishi koʻrsatib berilishi kerak.

Hikoya igliz tilida quyidagi mavzuda yozilishi kerak: a positive and possible climate future.

Grant kimlar uchun?

Barcha havaskor va professional yozuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur tanlovda eng yaxshi deb topilgan 13 ta hikoya mualliflari quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin – 400 AQSH dollari;
  • 2-oʻrin – 275 AQSH dollari;
  • 3-oʻrin – 150 AQSH dollari;
  • 10 ta alohida tanlangan yaxshi hikoyalarning har biriga  50 AQSH dollaridan.

Talablar:

Tanlovda qatnashish uchun yosh, millat fuqarolik yok boshqa xususiyatlarga cheklovlar oʻrnatilmagan. Barcha davlat fuqarolari va barcha yoshdagilar qatnashishi mumkin.

Hikoyadagi soʻzlar soni kamida 1400 ta, koʻpi bilan 2000 ta boʻlishi kerak.

Hikoyalar ijodkorlik (creativity), amaliy ekanlik (practicality) va yozish mahorati (adabiy mahorat – writing strength) asosida baholanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hikoyalar 2021-yilning 9-avgustiga qadar BU YERDA onlayn shaklda qabul qilinadi. Hikoyani topshirishda onlayn ariza shakli toʻldiriladi. Unga soʻralgan shaxsiy maʼlumotlar kiritilishi va hikoya ham shu shaklga joylanishi kerak boʻladi.

MUHIM: Ishtirok etishni boshlashdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI bogʻlanish shakli orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!