Niderlandiyaning Future For Nature Foundation jamg’armasi tomonidan tashkil etilgan Future For Nature bu xalqaro ekologik mukofot bo‘lib, yovvoyi tabiatni asrashga katta hissa qo‘shgan yosh mutaxassislarni taqdirlash va ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2008-yildan buyon har yili tashkil etiladi. Dasturning asosiy maqsadi:
- Yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarni himoya qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan yoshlar ishini tan olish.
 - Ularning ishini moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash.
 - Yangi g‘oyalarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish.
 - Butunjahon ekologik hamjamiyatida yosh yetakchilar tarmog‘ini shakllantirish.
 
Dastur avvalgi mavsum g’oliblari ishlari bilan BU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
18–35 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Jami 3 nafar g’olib saralab olinadi hamda:
- Har bir g‘olibga 50 000 yevro pul mukofoti — ekologiya loyihasiga ishlatish uchun beriladi.
 - Milliy va xalqaro tan olingan e’tirof va hamda Future For Nature Family tarkibiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
 - Niderlandiyaning Arnhem (Royal Burgers’ Zoo) da bo‘lib o‘tadigan 2026-yil may oyidagi tantanali taqdirlash marosimiga taklif etiladi va safar hamda turar joy xarajatlari qoplanadi.
 - G‘oliblar va ularning ishlari ijtimoiy tarmoq va media-platformalar orqali targ’ib qilinadi va qo‘llab-quvvatlanadi hamda ular Future For Nature Academy orqali mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
 
Talablar:
Talablar quyidagicha:
- Tanlovda 18-35 yoshdagi (1990-yil 31-may – 2007-yil 31-avgust orasida tug’ilganlar) individual tarzda qatnasha oladi.
 - Yovvoyi tabiat (hayvonlar yoki o‘simliklar)ni muhofaza qilish bo‘yicha sezilarli, uzoq muddatli foydali loyihalar qilgan bo‘lishi va bu allaqachon natija bergan bo‘lishi zarur.
 - Ekologiyani asrashga bo‘lgan haqiqiy sadoqat, qat’iyat, ijodkorona yondashuv kabi xislatlarga ega bo’lishi lozim.
 - Ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak.
 
MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2025-yil 26-avgust, Toshkent vaqti bilan tonggi 02:59 gacha BU YERDA onlayn ariza topshirishi kerak. Ariza topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlar:
- Ariza shakli (Application Form). Bunda barcha savollarga ingliz tilida shaxsiy so‘zlaringiz bilan javob yozilishi kerak.
 - Pasport.
 - 2 ta tavsiyanoma (Recommendation letter).
 
Muhim eslatmalar:
- Ariza nomzodning o‘zi tomonidan yozilishi shart. Sun’iy intellekt (AI) vositalaridan faqat maslahat uchun foydalanishga ruxsat beriladi. Agar matnda to‘liq AI yordamida yozilganlik aniqlansa, ariza avtomatik rad etiladi.
 - Mukofot tanlovi loyiha taklif/g‘oyasi uchun emas, hozirda olib borilayotgan faoliyat uchun ajratiladi. Ya’ni, ariza mavjud ish natijalari asosida yozilishi kerak.
 - Ariza topshirishda ochiq va samimiy, aniq, faktlarga asoslangan bo‘lish tavsiya etiladi.
 
Saralash jarayoni:
- Barcha arizalar ko‘rib chiqiladi. Ular orasidan 6–12 nafar nomzod shortlist (qisqa ro‘yxat)ga kiritiladi.
 - Shortlistga kirganlar qo‘shimcha materiallar (rasm, video) taqdim etadi.
 - Yakunda 3 nafar g‘olib tanlab olinadi.
 
Eslatma: dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon va dastur talablari bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Murojaat uchun: info@futurefornature.org


            

