Jamiyatdagi gender tafovut bugungi kungacha butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi asosiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Erkak va ayol nisbatidagi ayol ishchi kuchlarining kam ekanligi (73:27) ayniqsa texnologiya sohasida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Ushbu kamchilikni bartaraf etish va 2025-yilgacha yuqori lavozimlarda erkak va ayollarning teng vakilligiga erishish maqsadida Sanofi kompaniyasining Sanofi Gender Kengashi One Young World sammiti bilan hamkorlikda Future Women In Tech Scholarship stipendiyasini e’lon qilgan. Bunda iqtidorli ayol-qizlarni raqamli texnologiyalar, ma’lumotlar va texnologiya sohasidagi lavozmilarga jalb qilish rejalashtirilgan.
Stipendiya eng munosib 5 nafar ayol-qizga 2022-yil 5-8-sentabr kunlari Buyuk Britaniyada (Manchester shahrida) bo‘lib o‘tadigan navbatdagi One Young World sammitida to‘liq grant asosida ishtirok etish imkonini beradi.
Ma’lumot uchun: Sanofi kompaniyasi sog‘liqni saqlash sohasidagi eng nufuzli kompaniyalardan biri bo‘lib, uning barcha tarmoqlarida hozirda 145 millat vakillari umumiy maqsadlar ustida bahamjihat faoliyat olib borishmoqda. Ushbu grantni qo‘lga kiritgan nomzodlar Sanofining erta karyera dasturiga qo‘shilish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Batafsil bu yerda tanishing.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshli ayol-qizlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stipendiyani qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- 2022-yil 5-8-sentabr kunlari Manchester shahrida bo‘lib o‘tadigan One Young World sammitida bepul ishtirok etish imkoniyati;
- Sammit kunlarida (5-8-sentabr) mehmonxonadan bepul xona ajratiladi;
- Manchesterga borish va kelish xarajatlari qoplanadi;
- Sanofining early careers (erta karyera) dasturiga qo‘shilish imkoniyati (bu Sanofi kompaniyasida ishlash imkoniyati degani);
- Karyera bo‘yicha Sanofi kompaniyasi murrabiylaridan bepul maslahatlar;
- One Young World Ambassador hamjamiyatiga a’zo bo‘lish.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Sammitga 18-30 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.
- Sanofi kompaniyasi faoliyat yuritadigan tegishli mamlakatlardan (Eligible Countries) birining fuqarosi bo‘lish. Bu mamlakatlar ichida O‘zbekiston va Qozog‘iston ham bor.
- Axborot texnologiyalari yoki ma’lumotlar(Data)ga aloqador soha bo‘yicha oxirgi 5 yil ichida olingan bakalavr diplomiga ega bo‘lish kerak.
- Sog‘liqni saqlash sohasiga qiziquvchanlik hamda tashabbuskorlik talab etiladi.
- Sanofi kompaniyasida texnologiyaga yoʻnaltirilgan faoliyat olib borish va ish rivojiga hissa qo‘shishga ishtiyoqmand bo‘lish lozim.
- Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.
- Ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat/ish/loyiha uchun texnologiyalardan foydalanganlik tajribasi boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2022-yil 27-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizalarni BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin. Arizada soʻralgan maʼlumotlar kiritilishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmaydigan javob yozish talab etiladi.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.