×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun to’liq grant va yillik 15 ming funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3538 marta

Buyuk Britaniyda joylashgan Oksford Universitetidagi Said Business Scholning Oxford Pershing Square Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Oksford Univrsiteti va boshqa yana bir universitet hamkorligida 1+1 shakldagi magistratura kurslariga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun ajratilgan. 1+1 kurslari bir yillik magistratura kursi hamda bir yillik MBA kursini o’z ichiga oladi. Grant dasturidan maqsad iste’dodli va umidli talabalarni moddiy va ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Oxford Pershing Square grant dasturi doirasida har yili 5 nafar talabaga grant beriladi. 1+1 magistratura va MBA dasturlarini o’qitishda Said Business School 17 ta OTM bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant dasturi doirasida moddiy ta’minotga munosib topilgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talabaning magistratura va MBA kurslari uchun to’lanishi kerak kontrakti va universitetga to’lanadigan boshqa to’lovlar to’liq qoplab beriladi.
  2. Talabaga yiliga kamida 14553 funt sterling stipendiya

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos talabalarga beriladi:

  1. Nomzodning barcha baholari a’lo bo’lishi va u akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi kerak.
  2. Amalda isbotlangan yetakchilik sifatlari.
  3. Nomzodda kuchli ijobiy fe’l-atvor, rostgo’ylik va maqsad bo’lishi zarur.
  4. Nomzod biror tashkilotga a’zo bo’lgan yoki o’zi uchun biror tashkilot yaratish orqali dunyodagi dolzarb ijtimoiy muammolariga yechim topa oladigan shaxs bo’lishi zarur.
  5. Nomzod bu muammolarga qanday yechim topish borasida o’z fikr va tasavvurga ega bo’lishi zarur.
  6. Nomzod 1+1 dasturi unga nima uchun kerak va muhim ekanligini yozishi kerak.
  7. Undan tashqari, nomzod 1+1 dasturining qabul talablariga ham mos bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Pershing Square grant dasturidagi ikkita kurs alohida OTMlar tomonida o’qitilgani uchun ikkala OTMda qabul uchun har xil talab va turlicha hujjat topshirish muhlatlari bor. Grantga hujjat topshirish uchun alohida ariza shart emas, shunchaki ariza topshirganda va suhbat jarayonida nomzod shu grantni yutib olmoqchi ekanini va nomzodlikka qo’yilishni xohlashini ko’rsatib o’tishi zarur. Grant uchun quyidagi mavzuda 500 so’zli insho yozish ham kerak: ‘How do you intend to change the world? What does this tell us about you as a person?’

1+1 kurslariga hujjat topshirish uchun bu yer orqali 1+1 kurslaridan birini tanlash va shu sahifaga kirib, kurs talablari hamda hujjat topshirish jarayoni bilan tanishib chiqish zarur. 1+1 kurslari tarkibidagi ikkala kurs ikkita universitet tomonidan o’qitilgani sababli ularga alohidadan hujjat topshirish zarur. Bunday kurslarning birinchi yillari biror universitet o’qitadigan odatiy magistratura kursi, ikkinchi yili esa Oksford universitetining dunyoga mashhur MBA kursidan iborat, shuning uchun avval magistratura kursiga hujjat topshirish va shu kursni o’qitadigan hamkor universitetning qabul talablari bilan tanishib chiqish kerak. keyin Oksford’ning MBA’siga hujjat topshiriladi, bunda alohida ariza beriladi va qabul talablari ko’rib chiqiladi. 1+1 kurslari haqida batafsil.

Ma’lumot uchun Aidan.OHalloran@sbs.ox.ac.uk elektron manziliga yoki +44 (0)1865 288830 raqamiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!