×

Gaaga: Xalqaro sammit uchun barcha xarajatlari qoplanadigan grant


Grant

MUHLAT

18.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

3895 marta

One Woung World deb nomlangan xayriya tashkiloti tomonidan har yili uyushtirib kelinadigan sammit uchun yosh yetakchilardan arizalar qabul qilinmoqda. Sammit o’z yurtlarida adolatli jamiyat qurish harakatlari bilan mashg’ul umidli yetakchilarni to’plab, ularni o’zaro tanishtirish va qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Bu yilgi sammit Niderlandiyanng Gaaga shahrida, 2018-yilning 17-20-oktabr kunlari bo’lib o’tadi. Sammit davomida yoshlar global muammolarga innovativ yechimlar ishlab chiqish bilan mashg’ul bo’lishadi. Sammitda qatnashish pulli va ishtirok etish haqi 1655 yevrodan 3575 yevrogacha bo’lishi mumkin.  Narxlar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Qatnashish xarajatlarini yengillashtirish yo’llari:

  1. Homiy tashkilot yordamidan foydalanish. Sammitda ishtirok etish uchun qatnashchilar homiy topishlari mumkin. One Young World’ga hamkor tashkilotlar o’nlab qatnashchilarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlashlari mumkin. Hamkor tashkilotlar ro’yxati bu yerda.
  2. Grant yutib olish. Carole Stone Foundation fondi tomonidan har yili bir nafar ishtirokchiga sammitda qatnashish uchun to’liq grant ajratib kelinadi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshdagi yetakchi yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Carole Stone Foundation grantning manfaatli jihatlari

Grant yutib olgan qatnashchiga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Qatnashchi One Young World Summit’da bepul qatnashadi.
  2. Qatnashchiga 2018-yil 17-20-oktabr kunlari uchun mehmonxonada joy tashkil qilib beriladi.
  3. Qatnashchiga Gaaga shahriga borish va kelish aviachiptalari olib beriladi.
  4. Qatnashchi kuniga uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi;
  5. Sammit davomida marosimlar zali va mehmonxonaga o’rtasidagi transport xarajatlari qoplab beriladi.
  6. Qatnashchiga sammit uchun zaruriy materiallar taqdim etiladi.

Talablar:

Sammitda qatnashish uchun hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, quyidagi talablarga mos bo’lishingiz kerak:

  1. Nomzodning yoshi 18-30 oralig’ida bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’zida yetakchilik qobiliyatini namoyon qila olgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod adolatli jamiyat qurishga o’z hissasini qo’shishga ahd qilgan bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun:

  1. Carole Stone Foundation granti uchun onlayn ariza to’ldirish kerak.
  2. Mustaqil tarzda qatnashib, ishtirokchi to’lovini amalga oshirish uchun: bu yerga

Eslatmalar

  • Ko’p so’raladigan savol-javoblar orqali o’z savolingizga javob topishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!