×

Germaniya: turli bosqichlarda o’qish uchun 720 yevro oylik stipendiya


Grant

MUHLAT

01.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5414 marta

Germaniyada joylashgan Gamburg universiteti  (University of Hamburg) Diplom, Magister yoki Staatsexamen kabi nemis tizimi bosqichlarida o’qiyotgan talabalar uchun mo’ljallangan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Grant iqtidorli chet ellik talabalar uchun ajratilgan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad ko’rsatilgan kurslarni tamomlash arafasida moddiy ta’minotga muhtoj bo’lgan talabalarga moddiy yengillik yaratish.

Grant kimlar uchun?

O'qishni bitirish arafasidagi talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gamburg universiteti tomonidan taqdim etilyotgan grantni yutib olgan chet ellik talabaga  har oyda  720 yevrogacha miqdorda grant beriladi. Grant ko’pi bilan 12 oygacha to’lab berilishi mumkin.

Talablar:

University of Hamburg universiteti quyidagi talablarga eng mos talabalarga grant ajratadi:

  • Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmagan chet ellik talaba bo’lishi lozim.
  • Nomzod o’zi hozirda ta’lim olayotgan kursning yakuniy bosqichida o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod tanlagan bosqichi uchun avval boshqa grant asosida mablag’ bilan ta’minlanmagan bo’lishi zarur.
  • Nomzod Gamburg universitetiga kirishning boshqa talablariga mos bo’lish bilan bir qatorda nemis tilini ham yaxshi bilishi kerak. Universitetga kirish uchun talab qilinayotgan Nemis tili darajalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun 2018-yilning 1-dekabrigacha onlayn ariza topshirish kerak. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni tizimga yuklash kerak:

  1. To’ldirilgan ariza
  2. CV
  3. Grantga ariza berish sabablari
  4. Jadval shaklida berilgan Yakuniy imtixon baholari
  5. Yakuniy kurs ishingizni baholagan o’qituvchi tomonidan baholash haqida fikrlari.
  6. Undan tashqari, Gamburg Universitetid to’liq stavkada ishlaydigan va o’z sohasida mustaqil tadqiqot olib boradigan biror o’qituvchi ham nomzod haqida fikr bildirishi zarur. Bunda ushbu o’qituvchi nomzod grant beriladigan maksimum vaqt davomida nomzod o’qishni tamomlay olish imkoniyatini baholashi kerak bo’ladi. Buning uchun maxsus baholash blankasidan foydalaniladi

University of Hamburg universitetiga  hujjat topshirishning aniq sanalari haqida bu yerdan aniq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin . Grant uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, avvaliga University of Hamburg universitetiga kirish uchun  hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi.

Ma’lumot uchun medien@uni-hamburg.de elektron manzili yoki  +494042838-7000 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!