×

Garvard universiteti: Jurnalistlar uchun toʻrt oylik amaliyot dasturi; stipendiya – 30 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1816 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Harvard University  tarkibidagi Harvard Kennedy School jurnalist, siyosatchi va oʻqituvchi-tadqiqotchilarni 2020-yilgi Joan Shorenstein Fellowship Program dasturida qatnashishga taklif etadi. Grant toʻrt oy (bir semestr) muddatga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar shu vaqt ichida Universitetning Harvard Kennedy School Shorenstein Centerdagi ma’ruzalar va AQSh OAVlaridagi muhokamalarda ishtirok etadilar hamda universitetlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashadilar. Dasturda OAVda ishlaydigan jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar hamda shu sohalarda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan nomzodlar ishtirok eta oladi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar hamda shu sohalarda ilmiy-tadqiqot olib borayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tashkilotchilar grant yutib olgan nomzodning dasturda ishtirok etadigan toʻrt oy davomida umumiy 30 000 AQSh dollar stipendiya beradi.

Shuningdek, nomzodlar alohida haq evaziga assistent boʻlib ishlashlari mumkin.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod bu grantga ariza berish uchun oxirgi 2 yilda shu kabi grantlarda qatnashmagan boʻlishi kerak.
  3. OAVda ishlaydigan jurnalistlar, siyosatchilar, jurnalistika yoki siyosiy fanlardan dars beruvchi oʻqituvchilar hamda shu sohalarda ilmiy-tdqiqot olib borayotgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  4. Nomzod ingliz tilini juda yaxshi bilishi lozim.
  5. Nomzod soha boʻyicha chuqur bilim va tajribaga ega boʻlishi zarur.
  6. Nomzod liderlik, professional oʻsishga ishtiyoq va tashabbuskorlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  7. Nomzod bir semestr (fevraldan maygacha 4 oy) davomida Massachusetsning Kembrij hududida yashashga tayyor boʻlishi kerak.
  8. Nomzod shu vaqt ichida Universitetdagi Markazdagi ma’ruzalar va AQSh OAVlaridagi muhokamalarda ishtirok etadilar hamda universitetlarda tashkil etilgan treninglarda qatnashishi kerak.
  9. Nomzod oʻziga topshirilgan vazifani aniq, toʻgʻri va professional darajada bajarishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar yilda 2 marta qabul qilinadi. Hozir 2020-yil sentabr oyida boshlanadigan amaliyotga ariza berish mumkin. Hujjatlar 2020-yil 1-martgacha qabul qilinadi. Grantga ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza va barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi kerak. Ariza toʻldirishda “*” bilan belgilangan hamma maydonlarga soʻralgan ma’lumotlarni yozish hamda savollarga toʻliq javob berish kerak.

Grantga ariza berish bilan bogʻliq savollar tugʻilganda Susan Mahoneyga susan_ocitti@hks.harvard.edu manzili orqali murojaat qiling.

Hujjatlar tarkibi (ariza ichida tizimga yuklanadi):

  1. CV/resume.
  2. Oxirgi e’lon qilingan ish (nashr, inrervyu, reportaj va h.k.)lar topshiriladi.
  3. 3 ta tavsiyanoma beradigan shaxslarning kontaktlari.
  4. Research Project Proposal. 800 ta soʻzgacha yoziladi.
  5. 50-100 ta soʻzgacha motivatsion xat.

Avgust oyi oʻrtalarida nomzodlar bian suhbat oʻtkaziladi.

Nomzodlar suhbat natijasi, ish tajribasi, liderlik qobiliyati, tashabbuskorligi, ingliz tilini bilishi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar sentabr oyi boshida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: susan_ocitti@hks.harvard.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!