×

Garvard Universiteti: Magistratura uchun toʻliq grant va bepul tibbiy sugʻurta; yozgi maktablarga – 5 000 AQSh dollar beriladi!


Grant

MUHLAT

04.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4227 marta

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Garvard universiteti Dubin Graduate Fellowship for Emerging Leaders dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitet tarkibidagi Harvard Kennedy School magistratura (graduate) bosqichiga qabul qilingan, a’lochi va yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlgan moliyaviy koʻmakka muhtoj talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yil davomida quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Oʻqish xarajatlari toʻliq toʻlab beriladi.
  • Talabaning sogʻligʻi sugʻurta qilinadi.
  • Yozgi maktab va kurslar uchun qoʻshimcha 5 000 USD stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Harvard Kennedy Schoolning magistratura (graduate) kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Harvard Kennedy School maktabiga hujjatlar 2019-yil dekabrning boshiga qadar qabul qilinadi.

Grantga esa 2020-yil fevral oyi boshigacha ariza topshirish mumkin.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Shu yerda onlayn tarzda ariza toʻldiring.
  • Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Oliygohga topshiriladigan hujjatlar tarkibi:

  • Ariza.
  • Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun toʻlov (100 AQSh dollari).
  • Esselar (tanlangan yoʻnalishga qarab turlicha boʻlishi mumkin).
  • Ilmiy daraja va baholar.
  • Test natijalari (GMAT, GRE).
  • Ingliz tili testi sertifikati. TOEFL/IELTS sertifikati topshiriladi.

Grant dasturi uchun kerakli hujjatlar:

  • Garntga arizani: shu yerda toʻldiring.
  • Tarjimai hol. 150 tagacha soʻzdan iborat hajmda yoziladi.
  • 2 ta esse. Batafsil ma’lumot va esse mavzulari: Please discuss a time in your life when you had to lead in the face of adversity. How has that experience/s shaped the person that you are today and influenced the way that you lead? (750 words or less) 2. Please discuss briefly your interest in the Dubin Fellowship and how your leadership goals have motivated you to apply. (200 words or less)

Jarayon haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan 2020-yil fevral oyida suhbat oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun: savol-javoblar sahifasini oʻqib chiqing yoki 617-496-8866 telefon raqami bilan bogʻlaning.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!