×

Garvard universiteti: Postdoktorlar uchun 70 000 AQSh dollar grant; joy – 6ta!


Grant

MUHLAT

01.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2112 marta

Amerikada joylashgan dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan Garvard universiteti tarkibidagi Garvard Akademiyasi – The Harvard Academy for International and Area Studies 2020-oʻquv yiliga navbatdagi Academy Scholars Programga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya ikki yil davomida beriladi. Stipendiya dasturi Kanada va AQShdan tashqaridagi davlatlarda til, madaniyat, tarix bilan bogʻliq ijtimoiy fanlar va huquq sohasi boʻyicha karyerani endigina boshlagan olimlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, stipendiya oʻtmish yoki bugungi kunning ichki, tashqi va qiyosiy yoki transmilliy muammolarini oydinlashtirishda yordam berishi mumkin. Ushbu grantni universitetda doimiy oʻqishni nazarda tutmaydi.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni 3 yil ichida tamomlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. PhD ilmiy darajasi bor nomzodga bir yilga 70 000 USD miqdorida stipendiya beriladi.
  2. PhD dissertatsiyaini himoya qilmagan talabgorga esa bir yilda 31 000 USD miqdorida stipendiya ajratiladi.
  3. Stipendiya konferensiyalarda qatnashish, ilmiy tadqiqot olib borish va tibbiy sugʻurta xarajatlarini qoplash uchun moʻljallangan.
  4. Stipendiat ikki yil davomida Kembrij/Bostonda yashash uchun turar joy bilan taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolik va millatga oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod magistr yoki PhD ilmiy darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ijtimoiy fanlar yoki huquqshunoslik sohasida tadqiqot ishi olib borayotgan yoki ushbu mavzularda dissertatsiya himoya qilgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod doktoranturani tamomlaganiga yoki ilmiy daraja olganiga 3 yildan oshmagan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqishga qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 1-iyundan 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Hozir ushbu grantga qabul yopiq. Hujjatlarni qabul qilish 2020-yilning 1-iyunidan shu yerda ochiladi.

Barcha hujjatlar va ariza topshirish onlayn tarzda Garvard universiteti rasmiy saytida amalga oshiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Hujjatlar tarkibi:

  1. Yoʻllanma xat. Xat nomzodning tadqiqot sohasi haqida qisqacha maʼlumot, mamlakat, ixtisosligi va taqdim etayotgan loyihasi toʻgʻrisida yozilgan boʻlishi kerak.
  2. Biografiy maʼlumotlar (CV) va nashr ishlari roʻyxati.
  3. Tadqiqot ishi haqida 2500 soʻzgacha izoh. Izoh intellektual maqsadlar, metodik va dissiplinar ishlarni oʻz ichiga olishi kerak.
  4. Doktoranturada oʻqigan baholari.
  5. 3 ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar  va tavsiyanomalar «Selection Committee« nomi bilan 2020-yil 1-oktyabr kunigacha PDF formatda yuqorida koʻrsatilgan saytdagi onlayn-ilovaga yuklanishi kerak.

Nomzodlar tadqiqot ishining dolzarbligi, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Murojaat uchun:  applicationinquiries@wcfia.harvard.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!