×

Buyuk Britaniya: MBA dasturi uchun 67 ming AQSh dollari miqdoridagi grant!


Grant

MUHLAT

25.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2648 marta

Buyuk britianiyada joylashgan oliy ta’lim muassasasi – Imperial College Business School MBA dasturida tahsil olishni xohlovchilardan Riley Family Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilmqoda. Ushbu dastur maqsadi – favqulotda iqtidorli talabalarni universitetda o’qishi uchun iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Grant 2019-yil sentabr oyidan o’qishni boshlovchi nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA (Master of Business Administration) sohasida magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan talaba 52 ming funt sterling (taxminan 66 ming 700 AQSh dollari) miqdoridagi moddiy mablag’ bilan ta’minlanadi. Grant faqat bir nafar talabaga beriladi.

Talablar:

Nomzod ushbu grantni qo’lga kiritishi uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod MBA dasturiga hujjat topshirishi va kontrakt to’lab o’qish sharti bilan o’qishga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod favqulotda iqtidorli, yuksak akademi natija (exceptional academic merit) qayt etgan yoki yuksak akademik natija qayt eta oladigan bo’lishi kerak. Shuningdek, nomzod nochorroq sharoitda ulg’aygan yoki/va noqulay muhitda voyaga yetgan bo’lib, qiyinchiliklarni bosib o’tgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak. IELTS minimum 7 va hech qaysi bo’limi 6.5 dan past bo’lmasligi kerak; TOEFL iBT minimum 100 va hech qaysi bo’limda 22 dan past bo’lmasligi lozim.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralab olinadi:

  • A’lo darajadagi akademik tajriba va professional yutuqlariga erishganlik;
  • GMAT testidan yuqori ball olganlik (GMAT sertifikatiga ega bo’lmaganlar GMAT testi natijalarini 2019-yilning 25-yanvarigacha topshiri kerak).
  • Tavsifnoamalar (MBA dasturiga hujjat topshirishda tavsifnomalar ham taqdim qilinadi).
  • Hujjat topshirish jarayonida topshirilgan insho.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar dastlab MBA dasturiga hujjat topshirishi lozim. Ta’kidlash joizki, nomzod MBA dasturiga qabul qilish shartlariga ham mos bo’lishi kerak. So’ng 2019-yilning 25-yanvariga qadar GMAT natijalari va inshoni topshirish lozim. GMAT va insho topshirgan hamda MBA (Full-Time) dasturiga qabul qilinganlarning hujjatlari avtomatik tarzda grant berish uchun ko’rib chiqiladi. MBA dasturiga qabul jarayoni va kerakli hujjatlar bilan SHU YERDA tanishing.

Insho onlayn ariza topshirish jarayonida arizaning bir qismi sifatida topshirilishi yoki 2019-yilning 25-yanvarigacha mba@imperial.ac.uk elektron manziliga topshirilishi mumkin. Email orqali topshirilganda emailda insho «Riley Familiy Scholarship application» uchunligi ta’kidlanishi va nomzodning CID raqami ham yozib yuborilishi kerak.

Insho quyidagi mavzu bo’yicha yozilishi kerak (insho 700 so’zdan oshmasligi lozim):
“What life experiences have shaped who you are today and how have you overcome adversity to excel in education? How do you think these experiences will help you in today’s rapidly changing world?”

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!