×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichida o’qish uchun to’liq grant va yillik 16 ming 600 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3349 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan The Imperial College London oliygohining The Department of Chemical Engineering bo’limi kimyo fanlari muhandisligi yo’nalishida PhD bosqichida o’qib, izlanishlar olib bormoqchi bo’lgan tadqiqotchilarga navbatdagi PhD Scholarships in Chemical Engineering grant dasturini taklif etadi. Ushbu stipendiya dasturi 42 oy (3,5 yil)ga moʻljallangan boʻlib, unga kimyo muhandisligi va shunga yaqin sohalarda magistraturani a’lo baholar bilan tamomlagan yosh olimlar hujjat topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

PhD Scholarships in Chemical Engineering grant dasturiga har yili 10 nafar tadqiqotchi qabul qilinadi. Grantni yutib olgan tadqiqotchilar kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi va yiliga 16 ming 553 yevro miqdoridagi soliq solinmaydigan stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod favqulodda iqtidorli, umidli bo’lishi va o’zida kuchli potensial namoish etishi kerak.
  3. Nomzod kimyo fanlari bo’yicha magistr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0ball)

Dasturga qabul jarayoni:

  • 2019-yil oktabrda boshlanadigan kurslar uchun hujjatlar 30 – aprelgacha qabul qilinadi.
  • Saralash bosqichi may oyining oxirlarigacha davom etadi.
  • May oyining oxiri – iyun oyining boshlariga qadar nomzodlar suhbatdan o’tkaziladilar.
  • Suhbatdan o’tgan nomzodlarga bir hafta ichida taklif etiladigan dasturlar (projects) va ilmiy rahbarlar (supervisors) ro’yxati yuboriladi.
  • Iyun oyining ohiriga qadar tadqiqotchilarga tadqiqot mavzulari ajratib beriladi.

Hujjat topshirishda dastlab onlayn tarzda ro’yxatdan o’tiladi va PhD bosqichi yo’naishlaridan Chemical Engineering Research – Full Time tanlanadi. Onlayn hujjat topshirishda quyidagi hujjatlar ilova qilinadi.

  1. Shaxsiy bayonot (Personal Statement)
  2. Bakalavr va magistrlik diplomi.
  3. Bakalavriat va magistraturadagi baholardan ko’chirma (diplom ilovalar).
  4. 2 ta tavsiyanoma bera oladigan kishi (ilmiy rahbar yoki professor-o’qituvchi)ning kontaktlari.
  5. Til sertifikati:
  • IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
  • TOEFL iBT 92 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 20 ball.
  • PTE Academic 62 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 56 ball.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +44 (0)20 7589 5111
e-mail: chemeng.comms@imperial.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!