×

GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 11 660 dollar mukofot!


Grant

MUHLAT

26.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2792 marta

GCSP Prize – xalqaro xavfsizlik muammolarini hal qilishga innovatsion yondashuvchi jismoniy shaxslar yoki tashkilotlarni eʼtirof etish maqsadida tashkil etilgan mukofotdir. Bu mukofot barqaror global xavfsizlikni mustahkamlash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga hissa qoʻshishdagi saʼy-harakatlarni ragʻbatlantirish hamda eʼtirof etishga moʻljallangan.

Ushbu mukofot uchun istalgan davlatdan boʻlgan fuqaro/tashkilotlar ariza berishi mumkin, biroq topshirilgan loyihalar oʻz qamrovi yoki tafakkuri jihatidan milliy chegaralardan tashqariga chiqishi hamda global xavfsizlik maslalasiga innovatsion usullar yoki yangi gʻoyalar orqali yondashishi kerak.

Mukofot uchun texnologik va konseptual innovatsiyalar, original tadqiqotlar yoki ommaviy tashabbuslar hamda boshqa loyihalar koʻrib chiqiladi.

Mazkur mukofot GCSP (Jeneve Xavfsizlik siyosati markazi) tomonidan taqdim etiladi.

Ushbu mukofot uchun arizalar ingliz tilida topshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Jismoniy shaxslar, jamoalar, davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻrin: 10 000 CHF (taxminan 11 660 AQSH dollari) pul mukofoti va maxsus sertifikat.
  • 2- va 3-oʻrinlar: maxsus sertifikat.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Tanlovda istalgan davlatdan boʻlgan yakka shaxslar, jamoalar yoki tashikotlar (davlat tashkilotlari va xususiy tashkilotlar) qatnashishi mumkin.
  • Topshiriladigan loyihalar global xavfsizlik muammolarini hal qilishga qaratilgan boʻlishi hamda innovatsion yondashuv yoki yangi gʻoyalarni oʻzida mujassamlashtirishi kerak.
  • Arizalar ingliz tilida topshirilishi kerak.
  • GCSP xodimlari va ularning oila aʼzolari ariza topshira olmaydi.

Saralash paneli loyihalarni (arizalarni) quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

  • Barqaror global xavfsizlikka bagʻshlanganligi.
  • Inson qadr-qimmati, xavfsizlik va adolatni saqlashga qaratilganligi.
  • Ijodkorlik.
  • Originallik.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 25-sentabrgacha onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi.

Ariza shakli quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Loyihaning 250 soʻzdan oshmagan abstrakti.
  • 750 soʻzdan oshmagan, yaxshi ishlab chiqilgan loyiha tavsifi.
  • Topshirilgan loyihaning texnik jarayoni tavsifi (agar boʻlsa).
  • Loyiha uchun talab etiladigan budjetning taxminiy miqdori.
  • Loyihaning global xavfsizlik sohasiga qay tarzda yangicha hissa qoʻshishi haqida tushuntirish.
  • Loyihaning global xavfsizlik sohasidagi qisqa va uzoq muddatli taʼsiri.
  • 5 tagacha rasm (bu ixtiyoriy).

MUHIM: Dasturga ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon va yo‘riqnoma bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!