×

GEMMA Erasmus Mundus: ayollar va gender tadqiqotlari bo’yicha magistratura kursini Yevropaning 2 davlatida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

1922 marta

Erasmus Mundus qo’shma magistratura kurslaridan biri – GEMMA Erasmus Mundus Master’s Degree in Women’s and Gender Studies kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu magistratura kursi Erasmus Mundus qo’shma dasturlari ichida eng nufuzli dasturlardan biri hisoblanadi. Dastur ayollar va gender tadqiqotlariga ixtisoslashgan.

Dastur Yevropaning 7 nufuzli universiteti hamkorligida 2 yil o’qitiladi:

  1. University of Granada – Ispaniya
  2. University of Bologna – Italiya
  3. Central European University of Budapest – Vengriya
  4. University of Podz – Polsha
  5. University of Oviedo – Ispaniya
  6. University of Utrecht – Gollandiya
  7. University of York – Buyuk Britaniya.

Talaba 2 yillik magistratura kursi davomida sanab o’tilgan 7 universitetdan istalgan 2 tasida o’qishi mumkin. Dasturning 2 yilini bir davlatda o’tkazish mumkin emasligi uchun, tanlanishi kerak bo’lgan 2 ta universitet Ovieda va Granada universitetlari bo’lmasligi kerak. O’qish davomida o’tiladigan barcha fanlar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Talabalar 2 universitetda o’qish bilan birga, amaliyotga ham chiqadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

GEMMA kursi kontrakt to’lovi 1 yil uchun 9 000 yevro, 2 yil uchun 18 000 yevroni tashkil qiladi. Dasturda kontrakt asosida o’qish mumkin.

12-fevralgacha hujjat topshirgan nomzodlar orasidan eng munosiblariga Erasmus Mundus to’liq granti beriladi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi. Talaba o’qish uchun hech qanday to’lov amalga oshirmaydi.
  2. Bir davlatdan boshqasiga ko’chish va joylashish uchun yiliga 4 000 yevro qo’shimcha mablag’ beriladi.
  3. Talabaga 24 oy davomida har oy 1 000 yevro stipendiya

Talablar:

  • Nomzod bakalavr diplomini olgan bo’lishi yoki o’qish boshlangunicha ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodlar baholari, erishgan yutuqlari, ijtimoiy faolligi, ayollarni qo’llab-quvvatlash yo’lida faolligi, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlar asosida saralanadi.
  • O’qish ingliz tilida bo’ladi, shuning uchun, arizada ingliz tili testi sertifikati topshirish so’raladi. Nomzod qaysi universitetni tanlashidan kelib chiqib, ingliz tili darajasiga qo’yilgan talab ham o’zgaradi. Nomzod tanlagan universitet qabul uchun necha ball talab qilsa, nomzod shu ball ko’rsatilgan sertifikat taqdim qilishi kerak. Universitetlar va ingliz tili talablari ro’yxati bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

GEMMA magistratura kursida grant asosida o’qish niyatidagi nomzodlar 12-fevralgacha ariza topshirishlari kerak. Grant uchun alohida ariza berilmaydi, lekin 12-fevraldan keyin kelib tushgan arizalar faqat kontrakt asosida o’qish uchun ko’rib chiqiladi.

Ariza bu yerda topshiriladi. Arizani boshlashdan avval kerakli hujjatlarni tayyorlab qo’ying.

Kerakli hujjatlar:

  1. EuroPass formatidagi CV.
  2. Diplom va baholar.
  3. Nomzodning o’rtacha bahosi ko’rsatilgan hujjat.
  4. Ingliz tili testi sertifikati.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Turar joy haqida ma’lumotnoma.
  7. Motivatsiya inshosi.
  8. Ikkita tavsiyanoma.
  9. Arizaga aloqador boshqa qo’shimcha hujjatlar (agar bor bo’lsa).

Murojaat uchun GEMMA dasturi kordinatori, Granada universiteti markaziy ofisi bilan gemma@ugr.es orqali bog’laning. Hujjat topshirish oldidan GEMMA dasturi nizomi bilan tanishib chiqing. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!