×

Generation Google Scholarship: kompyuter fanlari yo’nalishlarida ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun 7000 yevro grant!


Grant

MUHLAT

04.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

951 marta

Kompyuter fanlari va o’yinlar yaratishga qiziquvchi, shu sohalarda bakalavr kurslarida tahsil olayotgan talaba qizlar uchun Generation Google Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirish mumkin:

  1. GGS: Women in CS. Kompyuter fanlari yo’nalishi yoki shunga yaqin yo’nalishlarda bakalavr/magistratura kursida tahsil olayotgan, 2021-22 o’quv yilida Yevropa, O’rta Sharq yoki Afrika davlatlarida bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursida o’qishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun.
  2. GGS: Women in Gaming. Kompyuter yoki boshqa qurilmalar uchun o’yin yaratish bo’yicha yoki shunga yaqin yo’nalishlarda bakalavr/magistratura kursida tahsil olayotgan, 2021-22 o’quv yilida Yevropa, O’rta Sharq yoki Afrika davlatlarida bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursida o’qishni rejalashtirayotgan nomzodlar uchun.

Grantlar 2020-21 o’quv yilida ko’rsatilgan sohalarda tahsil olayotgan va 2021-22 o’quv yilida ko’rsatilgan mintaqalardagi davlatlarga o’qishga kirishni rejalashtirgan ayol talabalarga beriladi. Dasturdan asosiy maqsad kompyuter fanlari yo’nalishiga ayollarni jalb qilish va bu sohada ayollarning kamligi muammosini hal etish. Dasturga sohada ayollar faoliyatini rivojlantirish, ayollarni kompyuter fanlariga qiziqtirish va o’z jamiyatida shu sohani targ’ib qilishga qiziqadigan hamda shu vaqtgacha amaliy natijalarga erishgan xotin-qizlar qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari va o'yin yaratish yo'nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga 2021-22 o’quv yili uchun 7000 yevro grant beriladi. Pul mablag’i g’olibning hisobiga yevro yoki u yashaydigan davlat pul birligida o’tkazib beriladi. Dastur g’oliblariga grant berilishi uchun g’olib 2021-22 o’quv yili uchun Yevropa, O’rta Sharq yoki Afrika davlatlaridagi universitetga o’qishga kirgani va o’qishga rozilik bergani tekshiriladi.

Talablar:

  • Nomzod 2020-21 o’quv yilida bakalavr yoki magistratura kursida o’qiyotgan bo’lishi va 2021-22 o’quv yilida Afrika, O’rta Sharq yoki Yevropa universitetlaridan birida o’qishni boshlashi kerak.
  • GGS: Women in CS nomzodlari kompyuter fanlari, GGS: Women in Gaming nomzodlari o’yin yaratish yo’nalishlarida o’qiyotgan bo’lishlari kerak.
  • Nomzodlar kompyuter fanlari rivojiga o’z hissalarini qo’shgan, ijtimoiy faol va shijoatli bo’lishlari kerak.
  • Grantlar faqat xotin-qizlarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2020-yil 4-dekabrgacha bu yerda qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Baholar 
  • Diplom (agar nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lsa)
  • Bitta tavsiyanoma
  • 4 ta insho.

Hujjat topshirish jarayoni bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun: generationgoogle-emea@google.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!