Shvetsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Graduate Institute oliy ta’lim muassasasi «Advancing Development Goals Contest» tanlovi uchun ro’yxatdan o’tish boshlanganligini e’lon qildi. Ushbu tanlovda dunyoning istalgan burchagida tahsil olayotgan magistrlar yoki aspiratlar (PhD) o’zlarining innovatsion g’oyalari bilan qatnashishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Magistratura yoki PhD/doktoranturada o'qiyotgan talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovning asosiy g’oyasi klimat (ob-havo/atrof-muhit) o’zgarishi bilan bog’liq muammolarni yechishga qaratilgan va asoslangan proyektlarni to’plash hamda ularda amalda foydalanish hisoblanadi. Nomzodlar ushbu sohada o’z proyektlarini taqdim etishlari mumkin.
Nomzodlar tanlovda guruh bo’lib ishtirok etadilar va bitta guruhda magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotgan 3-5 ta talaba bo’lishi mumkin.
Sovrinli o’rinlarni egallagan guruhlar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
- Eng yaxshi proyektning mualliflari 10 ming Shvetsariya franki (taxminan 11 ming AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan tadqirlanadi – 1ta guruh.
- Ikkinchi o’rinni olgan proyektning mualliflari 5 ming Shvetsariya franki (taxminan 5500 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan tadqirlanadi – 2ta guruh.
- Uchinchi o’rinni olgan proyektning mualliflari 1500 ming Shvetsariya franki (taxminan 2750 AQSh dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan tadqirlanadi – 2ta guruh.
Beshta eng yaxshi guruh Jenevaga taklif qilinadi va ular o’z proyektlarini hakamlar hay’atiga namoyish etishi hamda proyekt yuzasidan savollarga javob berishi kerak. Ushbu beshta guruhning Jenevaga borish va kelish xarajatlari to’liq qoplanadi. G’oliblar ana shu 5ta guruhlar orasidan tananadi.
Talablar:
- Nomzod hujjat topshirayotgan paytda magistratura yoki PhD bosqichida o’qiyotgan bo’lishi lozim;
- Nomzodlar turli sohalardan bo’lgan 3-5 kishilik guruh tashkil etishi lozim;
- Yakka o’zi qatnashmoqchi bo’lganlar ushbu dasturga qatnasha olmaydi, faqat guruh shaklida qatnashish kerak.
Nomzodlar 2018-yilning 16-apreligacha tanlovda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishi lozim. Shuningdek, nomzodlar hozirda magistratura yoki PhD bosqichida tahsil olayotganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma ham taqdim qilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Ishtirokchilar:
- Atrof-muhit/ob-havo o’zgarishi bilan bog’liq biror muammoni aniqlashi lozim;
- Ushbu muammo aynan qanday va qay darajada ta’sir ko’rsatayotganligi haqida sohalararo tahliliy material tayyorlashi kerka;
- Ushbu muammoni siyosiy, amaliy va texnologik jihatdan hal qilish uchun yechimlar berishi hamda usbu yechimlar qanday amalga oshirilishini asoslab berishi kerak.