×

Germaniya: Technische Universität Berlin yozgi kurslari uchun grant dasturi!


Grant

MUHLAT

01.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

5829 marta

dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yilning 22-iyulidan 16-avgustigacha davom etadigan kurslar uchun mo’ljallangan. Grant DAAD (German Academic Exchange Service) ko’magida tashkil etilgan bo’lib, sun’iy yo’ldosh dizayni, 3D bosma va fazoviy robotlashtirish (Satellite Design, 3D Scanning and Printing, Space Robotics) yo’nalishlarida bo’ladi. Dasturdan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va ularga yozgi ta’tilning to’rt haftasi davomida tajriba almashish imkonini yaratib berish.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur o’z ichiga DAAD ko’magidagi uch xil grantni oladi:

  1. Kundalik xarajatlarni qoplash uchun grant. Nomzodga 1 000 yevro miqdorida mablag’ ajratiladi. Grant bir necha nomzodga berilishi mumkin.
  2. Safar xarajatlarini qisman qoplashga qaratilgan grant. Grantning miqdori nomzodning qaysi davlatdanligiga bog’liq. Grant bir necha nomzodga berilishi mumkin.
  3. President’s Scholarship – bu mazkur universitet rektori, fan doktori Christian Thomsen tomonidan taqdim etiladigan dastur bo’lib, grant o’zida o’qish, safar va kundalik yashash xarajatlarini jamlaydi. Grant faqat bitta nomzodga

Aksariyat hollarda birinchi va ikkinchi grantlar alohida-alohida beriladi. Kamdan-kam vaziyatda nomzod ham birinchi ham ikkinchi grantni yutib olishi mumkin.

Kurslarning turlariga qarab o’qish xarajatlari 920 yevrodan 2300 yevrogacha bo’lishi mumkin. O’qish xarajatlari bilan to’liq SHU YERDA tarnishing. O’qish xarajatlari to’rt haftalik o’quv materiallari, madaniy- ma’rifiy dasturlar, shahar bo’ylab sayohatlar va Berlin bo’ylab transport to’lovini o’z ichiga oladi.

Talablar:

  • Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi, akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.
  • Nomzod IELTS 6.0 yoki ingliz tilidan B2 darajaga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod Tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun avvalo nomzod TU Berlin Summer University sahifasidan ro’yxatdan o’tishi kerak. So’ngra, quyidagi zaruriy hujjatlar to’planib, bitta PDF formatidagi hujjatga joylanadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Baholardan ko’chirma.
  2. CV (2 sahifadan ortiq bo’lmagan).
  3. Motivatsion xat (tahminan 1 sahifa).
  4. Tavsiyanoma.
  5. Ingliz tili testi natijalari.

Hujjat quyidagicha nomlanadi:

-FAMILIYA_ISM_ scholarship.pdf (namuna – AZIMOVA_YULDUZ_ scholarship.pdf)

Hujjatlar jo’natilganidan keyin 48 soat ichida ularni qabul qilinganlik haqida xabar keladi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblar va 2019-yilgi grant dasturi qo’llanmasidan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Tel.: +49 30 4472 0230 Email: summeruniversity@tubs.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!