×

Germaniya: Haq to’lanadigan stajirovka topish bo’yicha konferensiya (barcha xarajatlar qoplanadi)


Grant

MUHLAT

24.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4454 marta

Germaniyada joylashgan Falling Walls tashkiloti har yili ilmiy mavzularda yozuvchi jurnalist va blogerlarni Berlinda haq to’lanadigan amaliyot dasturlarini izlash bo’yicha o’tkaziladigan konferensiyaga arizalarni qabul qilmoqda. Ushbu konferensiyada jurnalist hamda blogerlar Germaniya poytaxtida haq evaziga amaliyot o’tash haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ladilar.

Konferensiya 2018-yilning 8-9-noyabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Jurnalist, bloger hamda freelancer'lar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Konferensiyada qatnashish imokonini qo’lga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Berlinga borish va kelish xarajatlari qopladi.
  • 3 kunlik turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Konferensiya davomida (3kun) oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talabalarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod ilmiy mavzular yozish bo’yicha ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalist, bloger yoki freelancer bo’lishi kerak.
  • Nomzod kamida 3 yillik ish stajiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va shu tilda ish yurita olishi kerak.

Nomzod dasturga topshirishdan oldin dastur Nizomi bilan tanishib chiqishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Arizada nomzodning shaxsi va faoliyatiga oid savollarga javob berilishi bilan bir qatorda, CV, yo’llanma xat (Cover Letter) va nomzod ishlaridan 2 ta namuna (maqola, CD, DVD, jurnal va hk) ham onlayn tarzda yuklanishi kerak. Agarda ish namunalarini onlayn tarzda yukashning imkoni bo’lmasa, nomzod email (fellowship@falling-walls.com) orqali tashkilotlarchilar bilan bog’lanishi, namunalarni email orqali topshirishi va shundan keyin arizani to’ldirishi kerak bo’ladi.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan fellowship@falling-walls.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!