×

Germaniya: 6 oylik haq to’lanadigan amaliyot dasturi


Grant

MUHLAT

12.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3979 marta

Particip GmbH konsalting firmasi Yevropadagi yetakchi evalyuatsiya konsalting xizmatlaridan biri bo’lib, ko’plab mijozlarga, shu jumladan Yevropa Komissiyasi, BMT agentliklari, Jahon banki, Mintaqaviy Rivojlanish Banklari, Shveytsariya Taraqqiyot Hamkorligi, va Daniya, Finlyandiya va Shvetsiya kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklariga o’z tajribasi va nou-xau taqdim etib keladi.

Firma xizmatlari xalqaro hamkorlik, gumanitar yordam va jamoat diplomatiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha sohalar va mavzularga qaratilgan. Kompaniya har yili davlat siyosati va rivojlanish bo’yicha hamkorlik strategiyalariga, shu jumladan, mamlakat, mintaqa miqyosidagi va butun dunyo miqyosidagi tematik baholarga, shuningdek, byudjetni qo’llab-quvvatlash va institutsional baholashga bag’ishlangan bir qator evalyuatsiya (baholash) xizmatlarini amalga oshiradi. Kompaniyada hozirda amaliyotchi lavozimi uchun oliy ma’lumotli va iqtidorli mutaxassislardan arizalar qabul qilinmoqda.

Lavozim: Intern – Evaluation management. Amaliyot dasturi 2020-yil sentyabrdan boshlab 6 oy davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura darajasiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Frayburg im Breysgau shahrida (Germaniya) ish haqi to’lanadigan stajirovka.
  2. Dinamik, do’stona, va muvaffaqiyatli kompaniyada ishlash imkoniyati.
  3. Ish joyida o’qitish va ko’nikmalarni rivojlantirish.

Talablar:

Nomzodga talablar:

  1. Siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xalqaro rivojlanish yoki boshqa tegishli sohalarda magistr darajasiga ega bo’lish.
  2. Vaqtdan unumli foydalanish, topshiriqlarni vaqtida bajarish va mas’uliyatli bo’lish.
  3. Yuqori darajadagi muloqot mahorati.
  4. Kuchli tahlil qilish va xomaki loyihalash mahorati.
  5. Hamkorlikni rivojlantirish sohasida tadqiqotlar o’tkazish tajribasi.
  6. Ingliz (C2) va fransuz (C1) yoki ispan (C1) tillarini a’lo darajada bilish.
  7. Ingliz (C2) va fransuz (C1) yoki ispan (C1) tillarini a’lo darajada bilish.
  8. Doimiy ravishda yangi ko’nikmalarni o’rganishga va rivojlantirishga tayyorlik.
  9. Word, Excel, PowerPoint dasturlarida ishlashni a’lo darajada bilish.
  10. Konsalting firmasidagi ish tajribasiga egalik, boshqa chet tillarini (masalan, nemis) bilish, baholashda nazariy bilimga ega bo’lish va Yevropa Ittifoqining tashqi harakatini bilan tanish bo’lish nomzod uchun qo’shimcha ustunlik beradi.

Amaliyotchining vazifalari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  1. Ma’lumot to’plash ishlarida qatnashish.
  2. Muayyan tematik tahlillar va tadqiqotlarni o’tkazish.
  3. Hisobotlar va taqdimotlarni tayyorlashga yordam berish.
  4. Shartnoma, moliyaviy va ma’muriy boshqaruvni qo’llab-quvvatlash.
  5. Har kunlik baholash loyihalarini boshqarishdagi keyingi vazifalarni qo’llab-quvvatlash.
  6. Takliflarni umumiy tayyorlashga, ya’ni yig’ish, ma’muriy hujjatlar tuzilishga yordam berish
  7. Potentsial sheriklarni izlash.
  8. Mutaxassislarni aniqlash va yollashda yordam berish.
  9. Mutaxassislar, sheriklar va mijozlar bilan ingliz tilida va zarur hollarda fransuz yoki ispan tillarida muloqot qilish.

Dasturga qabul jarayoni:

Amaliyot dasturiga ariza berish uchun arizangizni ingliz tilida yozilgan biriktirilgan xat (cover letter), CV, va akademik va professional darajangizni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga 2020-yil 12-iyulgacha yuboring. Bunda hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va barchasi bitta PDF faylga jamlanishi kerak. Hujjatlarni jobs@particip.de elektron manzili orqali Lena Fraser-Landmannga yuborish zarur. Elektron xatning sarlavhasiga “Eval-Intern-2020s2” deb yozing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!