×

Germaniya: bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun moddiy yordam dasturi.


Grant

MUHLAT

20.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3166 marta

Germaniyaning Bavarian Ministry of Science, Research and the Arts vazirligi Hof shahrida joylashgan Hof University of Applied Sciences (Hochschule Hof) oliygohining bakalavr va magistratura talabalaridan moddiy yordam dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi universitetning barcha yo’nalishlari bo’yicha bakalavr hamda magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan/o’qiydigan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, ammo moddiy imkonitaylari cheklangan xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Mablag’lar kundalik xarajatlar va o’quv qurollari uchun sarflashga mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 1 semestr yoki 1 o’quv yili davomida oyiga 100-659 yevro (taxminan 111-736 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.

Grantning manfaatli jihatlari bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod Germaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Hochschule Hof`ning 2019-2020 o’quv yili qishgi semestriga bakalavr/magistratura bosqichiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod kunduzgi tartibda tahsil olishi zarur.
  4. Grantlar moddiy yordanga muhtoj talabalarga ajratiladi.
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr bosqichi talabalari ariza berish uchun kamida 90 ECTS (credit)ga ega bo’lishlari zarur.
  7. BAföG, DAAD, Erasmus, kabi Germaniya hukumati grant dasturlari bo’yicha stipendiya oladigan talabalar uchun mablag’ ajratilmaydi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Moddiy yordam dasturida uchun 2019-yil 20-oktabrgacha onlayn ariza va bracha kerakli hujjatlarni topshirgan ariza beruvchilar nomzod deb hisoblanadilar.

Kerakli hujjatlar

  1. Onlayn ariza
  2. Olygohga qabul qilinganlik haqidagi hujjat.
  3. Eng oxirgi bosqich baholari (magistratura talabalari uchun bakalavr bosqichida olingan baholar).
  4. Biriktirilgan xat (Cover Letter, CV bilan birga).
  5. Passport nusxasi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

Bakalavr/magistratura kurslariga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar tanlangan kursga qarab turlicha bo’ladi. Quyida hujjatlarning tahminiy ro’yxati keltirilgan. Barafsil ma’lumot bu yerda.

  1. Onlayn ariza
  2. Yuqori maktab/litsey/kollej diplomi.
  3. Bakalvr diplomi (magistratura bosqichi uchun).
  4. Baholar/ diplom ilovasi.
  5. Tadqiqot rejasi (agar talab etilsa).
  6. Passport nusxasi.
  7. Nemis va/yoki ingliz tili sertifikati.
  8. Tavsiyanoma.
  9. Boshqa akademik yoki professional yutuqlar va mukofotlar haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!