×

Germaniya: Bakalavriat bosqichi talabalari uchun festival; turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2424 marta

Germaniyaning Greifswald International Students Festival (GrIStuF) 2020 talabalar festivali 18 yoshdan katta boʻlgan va 2020-yil yozda oliygohga oʻqishga qabul qilingan talabalarni oʻzining festivalida ishtirok etishga taklif etadi. Dastur 2020-yilning 5-iyunidan 13-iyunigacha (bir hafta) boʻlib oʻtadi. Dastur davomida ishtirokchilar madaniy dasturlar, workshop, seminarlarda qatnashishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan 18 yoshdan katta talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish bepul. Ishtirokchilarga bepul oziq ovqat, turar joy ajratiladi va tadbirlarda bepul ishtirok etish imkoni beriladi.

Ammo dastur nomzodning Germaniyaga borish-kelish va viza xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  • Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Nomzod 2020-yil iyun holatiga oliygohda oʻqiyot/oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  • Nomzodning baholari aʻlo boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz/nemis tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod ijtimoiy sohada faol boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish: 2019-yil 15-dekabr.

Yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar roʻyxatdan oʻtish bilan birga motivatsion xat ham topshirshlari kerak. Motivatsion xat qanday yozilishi haqida: shu yerdan ma’lumot oling.

Nomzodlar ijtimoiy faolligi, yozgan motivatsion xati, til bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni tashkilotchining rasmiy saytidan savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Natijalar 2020-yil 19-yanvarda elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: info@gristuf.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!