×

Germaniya: Bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan talabalar uchun bir oylik yozgi maktab; joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

15.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

4294 marta

Germaniyaning International Summer University Kassel oliygohi 18 yoshdan katta boʻlgan muhandislik, nemis tili va madaniyatshunoslik boʻyicha tahsil olayotgan talabalarni oʻzining yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etadi. Dastur Germaniyaning Gessen viloyatidagi Kassel universitetida 2020-yilning 20-iyunidan 20-iyuligacha (taxminan toʻrt hafta) boʻlib oʻtadi. Dastur davomida ishtirokchilar qisqa modullarga boʻlingan seminarlar, ekskursiya va nemis tili kurslarida qatnashishlari mumkin. Dastur doirasida 100 nafar ishtirokchi qatnashadi va ulardan ayrimlariga grant ajratiladi. Seminarlar ingliz tilida olib boriladi.

Seminar quyidagi modullardan biri boʻyicha boʻlib oʻtadi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish uchun 2 190 yevro toʻlash kerak. 2020-yil 1-aprelgacha pul toʻlagan nomzodlarga 1 000 yevro chegirma qilinadi.

Dastur qatnashish huquqini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Ishtirokchi dastur davomida nemis oilalaridan birida yashaydi.
  • 2020-yil 15-martgacha hujjat topshirganlarga dasturda qatnashish pulini toʻlash uchun German Cambridge Society Scholarship dasturi doirasida yana 1 000 yevro stipendiya beriladi. Bu pul 1 990 yevrodan 1 000 yevro qismini qoplaydi, nomzod qolgan 990 yevroni tashkilotchiga yozgi maktab boshlanguncha toʻlashi kerak. Shuningdek, nomzodlarga DAAD grantlari ham berilishi mumkin. Batafsil: shu yerda tanishing.
  • Nomzodga dastur doirasida Germaniya hududiga sayohat qilish imkoniyati beriladi.
  • Nemis tilini oʻrganishni istagan nomzodlarga nemis tili kurslarida qatnashishga imkon beriladi.

Ishtirokchi Kasselga borish-kelish uchun aviachipta, xaridlarni amalga oshirish, ovqatlanish kabi shaxsiy xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  • Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Nomzod yuqorida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga mos soha boʻyicha (bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursida) oʻqiyotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzodning baholari aʻlo boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod yangi muhitga tez oʻrgana oladigan va qiziquvchan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirish: 2020-yil 15-martgacha.

Yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni:

  • 2ta motivatsion xat. Xatning bittasi yozgi maktabda qatnashishga loyiqligingiz haqida, ikkinchisi esa stipendiyaga nima uchun munosibligingiz haqida yozilgan boʻlishi kerak.
  • oʻqiyotgan universitet oʻqituvchilaridan biri yozgan tavsiyanoma;
  • CV/rezyume;
  • baholar;
  • ingliz tili sertifikatini bitta PDF faylga joylashtirib joriy yilning 2020-yilning 15-martiga qadar isu@unikassel.de elektron manziliga joʻnatishi kerak.

Dasturda qatnashish uchun barcha arizalar formalarini: shu yerda koʻrsatilan dastur havolalari orqali yuklab olib, toʻldiriladi.

Nomzodlar tanlangan sohasi boʻyicha bilimlari, qiziqishi, yozgan motivatsion xati, ingliz tilini bilish darajasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Grant haqidagi toʻliq maʻlumotni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki grant sahifasidagi overview boʻlimidan olishingiz mumkin.

Natijalar oʻqish boshlanguncha elektron pochta orqali maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: isu@uni-kassel.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!